Oldingi
tahrirga qarang.
2) muddatli harbiy xizmat muddati tugaganda — chaqiruv bo‘yicha muddatli harbiy
xizmatning qonunchilikda belgilangan muddati tugaganda (bo‘shatish uchun boshqa asoslar
mavjud bo‘lmaganda);
(29-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3) kontrakt muddati tugaganda — bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda,
agar amaldagi kontraktning tugashi paytiga kelib harbiy xizmatchi yoki vazirlik, davlat qo‘mitasi va
idora tomonidan yangi kontrakt tuzmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa;
4) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan — harbiy xizmatchidan xizmatda foydalanish
mumkin bo‘lmagan taqdirda, uni bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda;
5) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra — u harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz
deb topilganligi munosabati bilan;
6) taraflardan birining tashabbusiga ko‘ra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi
munosabati bilan;
7) intizomsizligi sababli oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi munosabati bilan —
uni bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda;
8) harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi nojo‘ya xatti-harakat sodir etganda;
9) davlat sirlaridan foydalanishdan mahrum qilinganda;
10) ozodlikdan yoki harbiy unvondan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo choralari
tayinlangan sud hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Oldingi
tahrirga qarang.
11) qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotganligi yoxud
boshqa davlatning fuqaroligi mavjudligi munosabati bilan.
(29-modda birinchi qismining 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Harbiy xizmatchilarni harbiy xizmatdan bo‘shatish ularni tegishli lavozimlarga tayinlash
vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining
harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan rezervga, harbiy hisobdan chiqarilgan hollarda esa
iste’foga bo‘shatiladi.
Rezervda bo‘lish yoshi chegarasiga yetgan yoki sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy hisobdan
chiqarilgan holda harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan yoxud boshqa davlatning fuqaroligiga
ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar iste’foga bo‘shatiladi.
(29-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Dostları ilə paylaş: