24-modda. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish
Oldingi
tahrirga qarang.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga quyidagi talablarga javob beruvchi fuqarolar kiradi:
o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar va ayollar, shuningdek muddatli harbiy
xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga;
muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi
qirq yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy askarlar
va serjantlar tarkibi
lavozimlariga;
muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va oliy
ma’lumotga ega o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy askarlar, serjantlar va
ofitserlar tarkibi lavozimlariga;
o‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili
o‘n yetti yoshga to‘ladigan
fuqarolar, shuningdek o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha
bo‘lgan, o‘qishga qabul qilingan yili mazkur yoshga to‘lgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega
bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar, shuningdek
yigirma olti yoshgacha
bo‘lgan hamda oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi
oliy ta’lim muassasalarining talabalari — oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari
lavozimlariga;
qirq yoshgacha bo‘lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar — ofitserlar tarkibi lavozimlariga.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Yuqori professional tayyorgarlikka va katta ish tajribasiga ega fuqarolar ham kontrakt bo‘yicha
harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetguniga qadar kontrakt bo‘yicha
harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-
son)
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan fuqarolar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.
Fuqarolar harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik, davlat qo‘mitasi
va idora bilan harbiy
xizmatni o‘tash to‘g‘risida kontrakt tuzadilar.
Oldingi
tahrirga qarang.
Kontraktlar tuzish, shu jumladan oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari bilan
kontraktlar tuzish, shuningdek kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralab olish va uni o‘tash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi
nizom
bilan
belgilanadi.
(24-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning
4-bobi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: