Oldingi
tahrirga qarang.
5) chaqiriluvchining birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan
xotini va voyaga
yetmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lsa.
(21-modda ikkinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Chaqiriluvchini uning ota-onasi vafot etganligi, ular uzoq muddat betobligi munosabati bilan
yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra kamida besh yildan beri o‘z qaramog‘ida saqlayotgan shaxslar
uning ota-onasiga tenglashtiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu
modda ikkinchi qismining
1-bandida
ko‘rsatilgan chaqiriluvchilar o‘z roziligi va ota-
onasining (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) roziligi bilan harbiy xizmatga chaqirilish muddati
kechiktirilmagan holda chaqirilishi mumkin.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli
Qonuniga
asosan
to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida
tahsil olayotgan
chaqiriluvchilar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qishda tahsil olayotgan talabalar
o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunlariga qadar
kechiktiriladi.
(21-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’limning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar
o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinishi mumkin.
Bunda talabalar bir oylik
harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgustda jalb etiladi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli
Qonuniga
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y.,
03/19/564/3690-son)
Ta’lim muassasalaridan o‘qishdan chiqarilgan shaxslar chaqirilish
muddatini kechiktirish
huquqidan mahrum bo‘ladilar.
Chaqirilish muddatini kechiktirish asoslarini yo‘qotgan chaqiriluvchilar,
shuningdek ushbu
Qonunga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga yoxud chaqirilishdan ozod etish
uchun asoslarga ega bo‘lmagan va turli sabablarga ko‘ra muddatli harbiy xizmatga yoki safarbarlik
chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilmagan shaxslar chaqirilish
kuni yigirma yetti yoshga
to‘lguniga qadar Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi chaqiruv paytida chaqiriladilar.
Dostları ilə paylaş: