Ish joyi: ADPI, “Tabiiy fanlar” kafedrasi.
Manzil: Telefon: +998994722474
E-mail: bahromdumanov@mail.ru Sayt:
Intizomiy talablar:
Talabaning intizomi universitetdagi “Talabala uchun ichki tartib-qoidalar” ga to’liq javob berishi shart.
Fanni o’qitishdan maqsad - Umumiy kimyo fanining maqsadi - bo‘lajak kimyo o‘qituvchilariga kimyoda eng muhim bo‘lgan asosiy nazariy qonuniyatlarni chuqur o‘rgatish, Davlat ta’lim standarti hamda malaka talabalariga javob beradigan bilimlar berish, har bir mavzuga oid Respublikaning tabiiy zaxiralari va ulardan mahsulotlar ishlab chiqarishni bayon etish orqali o‘qitishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsatib berish, maktab, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari kimyo kurslariga bog‘liq bo‘lgan masalalarni chuqur yoritish orqali kasbga yo‘naltirishni amalga oshrishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalardan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida shuningdek, umumiy kimyo fanining eksperiment o‘tkazish imkoniyati juda yuqori bo‘lganligi uchun uni o‘rganish davrida kimyoviy idishlar, kimyoviy reaktivlar, gazli va elektr qizdirish vositalari bilan ishlay olish, zamonaviy tarozilarda tortish, turli laboratoriya operatsiyalarini o‘tkaza bilish, shisha naylar va idishlar yordamida turli tajribalar o‘tkazish, qurilmalarini yasay bilish, o‘quv adabiyotlarini tahlil qila olish, kimyoviy formula va tenglamalar bilan hisoblashlar o‘tkazish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lish talab etiladi.