SUYUQLILARNING BUG’LANISH ISSIQLIGINI VIRTUAL STENDDA ANIQLASH. IKKI KOMPONENTLI QATTIQ SISTEMALARNING SUYUQLANISH XOLAT DIAGRAMMASINI TUZISH. Ishdan maksad:Ikki komponentli inkongurient qattiq sistemaning suyuqlanish temperaturasini tarkibga bog’liqligini o’rganib, holat diagrammasini Tc = f(s) tuzish va aralashmaning evtetik tarkibini aniqlashni o’rganish.
Ish bajarish tartibi: Termik analiz usuli asosida sistemaning sovitish yoki isitish vaqtida temperaturaning o’zgarish tezligini o’rganish yotadi. Agar sovish vaqtida sistemada hech qanday fazoviy o’zgarishlar sodir bo’lmasa, uning temperaturasi bir tekisda pasayadi, agarda biror fazoviy o’zgarishlar sodir bo’lsa, sovish chizig’ida modda temperaturasining pasayishi sekinlashib yoki to’xtab qolganligi kuzatiladi va chiziqda kesma paydo bo’ladi. Fazoviy o’zgarishlar tugamaguncha temperatura deyarli o’zgarmaydi. Undan keyin yana bir tekisda sovish boshlanadi. Vaqt - temperatura koordinatalarida berilgan moddani yoki aralashmani sovish chizig’ini chizib, undagi kesmaning joylashishidan kristallanish jarayoni boshlanish temperaturasi (a) aniqlanadi, temperaturaning doimiyligi tugagan nuqta (v) kristallanish tugaganini ko’rsatadi. Toza moddalar va ularning turli tarkibidagi aralashmalarining suyuqlanish temperaturalarini aniqlab, sistemaning suyuqlanish diagrammasini chizish mumkin.
7 ta probirka olib, ikkitasiga 8-10 g atrofida texnik tarozida tortilgan toza moddalar olinadi, qolgan beshtasiga o’qituvchi aytgan tarkibdagi tayyorlangan aralashmalar olinadi. 300-500 ml li stakanda suv yoki glitserin (moddaning suyuqlanish temperaturasiga qarab) isitilib, probirkalardan biri u yerga solinadi.
Vaqt-xarorat grafigi Modda suyuqlanib bo’lgandan keyin probirkani termometrli probka bilan yopiladi. Termometrning uchi probirka devoriga tegmasdan turib, suyuqlanmaning o’rtasida bo’lishi kerak. So’ng suyuqlanmali probirkani havo ko’ylagi vazifasini bajaruvchi kengroq probirkaga joylashtirib, sovish egrisi olinadi. Uning uchun sekundomer ishga tushirilib, modda to’liq kristallanib bo’lguncha har 0,5 minutda termometr ko’rsatkichlari yozib turiladi. So’ng probirkani issiq suvli (yoki glitserinli) stakanga solib, aralashma suyuqlantirilib termometr bo’shatiladi va chiqarib olinadi. Shunday tajribalar qolgan probirkalar bilan takrorlanadi. Olingan natijalar asosida (sofkomponentlar, aralashmalar uchun) sovish egrilari chiziladi. Egrilardagi kesmalardan kristallanishning boshlanishi va tugash temperaturalari topiladi va olingan ma’lumotlarni 5.1-jadvalga yoziladi.
5.1-jadval
Tajriba
№
Aralashma
tarkibi
Kristallanish boshlanish
temperaturasi , °S
Kristallanish tugash
temperaturasi , °S
A
B
Ishning hisoboti:Yuqoridagi “vaqt – temperatura” sovish egrilari va jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib, sistemaning suyuqlanish yoki qotish diagrammasi chiziladi. Buning uchun ordinatalar o’qiga kristallanishning boshlanish va tugash temperaturalari, absissalar o’qiga esa aralashmalar tarkibi qo’yiladi.
Suyuqlanish diagrammasi quyidagicha tuziladi (7-rasm). Absissa o’qiga tarkib, ordinata o’qiga shu tarkibga mos bo’lgan kristallanish harorati qo’yiladi. Bu diagrammada tA0, tB0 – toza A va B moddalarning kristallanish harorati. tA0, E, tB0 chizig’i A va B moddalarning kristallanish haroratining eritma tarkibi bilan o’zgarishi. tA0, E, tB0 chizig’i suyuqlanish (likvidius) chizig’i deb ataladi. Bu chiziqdan yuqoridagi soha gomogen bo’lib suyuqlikdan iborat. E nuqtasi evtetik nuqta deyiladi. Bu nuqtaga mos kelgan tarkib Se evtetik tarkib deyiladi. Bu eritmaning eng pastki nuqtasi kristallanish (qotish) haroratidir.
7-rasm Komponentlar turi o’qituvchi tomonidan beriladi va quyidagicha bo’lishi mumkin:
Naftalin-difenilamin.
Azobenzol-naftalin.
Benzoy kislotasi-naftalin.
Naftalin-nitrotoluol.
Fenol-metilamin.
Moddaning suyuqlanish temperaturasiga qarab, suvli hammom o’rniga moyli yoki glitserinli hammom ishlatiladi.
Joriy nazorat savollari va topshiriqlari: Ikki qattiq moddalardan iborat sistemani qizdirilganda yoki ularni suyuq qotishmasi sovitilganda sodir bo’ladigan holat diagrammasini tushuntiring.
Oddiy diagramma (suyuqlanish diagramma) ni izohlang.
Fizik kimyoviy tahlil usullari haqida nimalarni bilasiz?
N.S.Kurnakovning uzluksizlik va mos kelishlik tamoyillarini izohlang.
Sovush egrilari qanday vujudga keladi? Ular asosida qanday qilib holat diagrammalarini chizish mumkin?
Evtetikali sistema holat diagrammasini izohlang. Evtetika nuqtasiga mos keladigan aralashma qanday xususiyatlarga ega.
Biror bir tarkibli suyuqlanmani kristallanish yo’lini chizmada izohlang.
Likvidius va solidius chiziqlarini chizmada ko’rsatib, izohlang.
Kongruent suyuqlanadigan sistema holat diagrammasini keltiring va izohlang.
Inkongruent suyuqlanadigan sistema holat diagrammasini izohlang.