Ishdan maqsad: Neytrallanish reaksiyasining issiqligini kalorimetrik usulda aniqlash.
Kerakli asbob va reaktivlar: Kalorimetr asbobi, termometr, ampula, shisha tayoqcha, analitik tarozi, sekundomer, 10% li NaOH,10% CH3COOH eritmasi.
Ishning bajarilishi:Neytrallanish issiqlik effektining qiymatini tajriba yo’li bilan aniqlang va so’ngra uni nazariy yo’l asosida ‘isoblab topilgan qiymati bilan taqqoslang.
Bu tajribani bajarish uchun quyidagi ishlar qilinadi:
1. Bo’sh kalorimetr stakani, aralashtirgich va voronka tarozida tortiladi. Bu ishda tortiladigan ‘amma narsalar texnik-kimyoviy tarozida tortiladi.
2. Kalorimetrning ichki stakaniga 300-400ml cha distillangan suv quyiladi va unga ishqorning 10% li eritmasidan byuretkada 20 ml o’lchab olib qo’shiladi. Stakanni ichidagi suyuqlik bilan birga tarozida tortib, suv va ishqorning umumiy oirligi topiladi.
3. Bo’sh stakancha tarozida tortiladi.Stakanga kislotaning 10% li eritmasidan byuretkada 20 ml o’lchab olib quyiladi. Stakanni kislota bilan birga tarozida tortib, kislotaning oirligi topiladi. Suv, kislota va ishqor oirliklarining yiindisi kalorimetr suyuqligining oirligi (m) bo’ladi.
4. Kalorimetr sistemasining issiqlik qiymati - S topiladi. Eritmaning issiqlik siimini suvning issiqlik siimiga teng deb va eritmaning solishtirma oirligi birga teng deb qabul qilinadi.
5. Dastlabki davrning ‘aroratini o’lchay boshlanadi. ‘aroratini 10 va 11-marta o’lchash orasida kalorimetr stakaniga tezda voronka yordamida kislotani quyiladi va dar’ol aralashtiriladi.
6. Asosiy va oxirgi davrlarning ‘aroratlarini o’lchanadi.
7. «Vaqt-’arorat» grafigi chiziladi.
8. Neytrallanish issiqligi - qneyt topiladi:
qneyt = VdSt (3)
bu erda:
V - eritma ‘ajmi, d- suvning zichligi,
S - suvning solishtirma issiqlik siimi,
t= t2 - t1, ‘aroratlar ayirmasi.
9. Neytrallanishning molekulyar va solishtirma issiqlik effekti (1,2) formulalar yordamida ‘isoblab topiladi.
Ishqor eritmasiga kislota eritmasi quyilganda, neytrallanish jarayonidan tashqari, suyultirishning (ishqorni kislota bilan va kislotani ishqor bilan suyultirish) termokimyoviy jarayoni sodir bo’ladi. Ishqorni kislota bilan suyultirish issiqlik effekti juda kam, chunki olingan ishqorning o’zi suyultirilgan eritma ‘olida edi.
Kislotani ishqor bilan suyultirish issiqligi katta bo’lishi va neytrallanish issiqlik effektini o’zgartirishi mumkin.
Neytrallanish issiqligini aniq o’lchash kerak bo’lsa kislotani ishqor bilan suyultirish issiqligini ayrim o’lchab olinadi va uni neytrallanish vaqtida kuzatilgan issiqlik yiindisidan ayirib tashlanadi.
Hisobot mazmuni quyidagi tartibda yoziladi
1. Termokimyoviy jarayonlarning nazariy ‘olatlarini qisqacha bayon qilib bering.
2. Tajribadan olingan maolumotlar asosida «Vaqt-’arorat» grafigini chizing va o’qituvchi tomonidan berilgan jarayonlarning issiqlik effektini toping.
3. Jarayonlarning solishtirma va molekulyar issiqligini ‘isoblab toping.
2.1-jadval
№
Kislota
Ishqor
harorat
konsentrasiyasi
‘ajmi,
ml
konsentrasiyasi
‘ajmi, ml
boshlanich
oxirgi
1
2
3
Joriy nazorat savollari va topshiriqlar: -1. Termokimyoviy jarayonlar deb qanday jarayonlarga aytiladi?
2. Termokimyoviy jarayonlar necha turli bo’ladi? Ular qanday nomlanadi?
3. Neytrallanish reaksiyasining issiqligi qanday usul bilan aniqlanadi?
4. Neytrallanish reaksiyasi deb qanday reaksiyaga aytiladi?
5. Neytrallanish reaksiyasining molekulyar issiqlik effekti qaysi formula yordamida ‘isoblanadi?
6. «Vaqt-’arorat» diagrammasi qanday ifodalanadi?
7. Neytrallanish reaksiyasining issiqligi, solishtirma va molekulyar issiqligini ‘isoblab toping.