Umumiy kimyo



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə1/44
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#194806
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Analitik laboratoriya 2 kurs



////

Umumiy kimyokafedrasi
ё

5321000-Oziq – ovqat texnologiyasi yo’nalishi bo’yicha bakalavriat talabalari uchun

Farg’ona - 2019



Fizik kimyo va tahlil usullari” fanining (Analitik kimyo bo’limi) laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish bo’yicha

ANNOTASIYA


“Fizik kimyo va taxlil usullari” fanidan ushbu uslubiy qo’llanma texnika oliy o’quv yurtlarining “Kimyoviy texnologiya” yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun oliy talim dasturi va ishchi rejasi asosida yangi pedagogik texnologiya e’tiborga olingan xolda tuzildi.


Ushbu uslubiy qo’llanmada bakalavriat uchun ta’limning mavjud Davlat ta’lim standartlariga binoan texnika oliy ta’lim muassasalarining “Kimyoviy texnologiya”, “Oziq-ovqat texnologiyasi” yo’nalishlarida ta’lim oluvchi talabalarga “Fizik kimyo va taxlil usullari” fanidan laboratoriya mashg’ulot darslarida mavzu asosidagi tajribalarni bajarish tartiblari bayon qilinib, har bir mavzuga qisqacha nazariy ma’lumot berilgan.
Bu qo’llanmadan oliy o’quv yurtining “Kimyoviy texnologiya”, “Oziq-ovqat texnologiyasi” mutaxassis­ligi ixtisosligini oluvchi barcha yo’nalishdagi talabalar foydalanishlari mumkin.
Uslubiy qo’llanma «UK»
kafedrasi Ilmiy-Uslubiy
seminarida muhokama qilingan.
Majlis bayoni №____
«___» ________ 201_ y

«Kimyo-texnologiya» fakulteti


Ilmiy - Uslubiy kengashida
muhokama qilingan
Majlis bayoni № ____
«____» ___________ 201_ y


Tuzuvchilar: dots. Raxmatov O’
Ass. Abdisamatov E
Texnik muharrir: Katta o’qit. I.E.Xoshimov


Taqrizchi: dotsent. M.Akbarova


KIRISH


“Fizik kimyo va taxlil usullari” - kimyoviy va fizikaviy hodisalarni, ularni tekshirish usullari bilan bog’lanishini o’rganadigan fanlarning nazariy asosidir.
“Fizik kimyo va taxlil usullari” zamonaviy kimyogar texnologni dunyo qarashini shakllantirishdagi axamiyati kattadir. Bunda nazariy bilimlarini o’zlashtirishda, keyingi mustaqil faoliyatida kerakli ko’nikmalar orttirishda va yangidan-yangi masalalarni hal qilishda imkoniyat beradigan laboratoriya mashg’ulotlarining ahamiyati g’oyat kattadir. Analitik, fizikaviy va kolloid kimyoga oid laboratoriya ishlari bo’lajak bakalavrni bilim darajasini oshiradi, qachonki, tajribani ongli ravishda nazariy mazmunini tushunib qilinsa. Bu o’quv jarayonini o’zlashtirish samarasi ko’p jihatdan laboratoriya ishining mazmuni va qo’yilishiga bog’liqdir.
Qator sabablarga ko’ra analitik, fizikaviy va kolloid kimyo laboratoriya ishlari ma’ruza materiallarini ketma-ketligi bilan hamohang bo’lavermaydi. SHuning uchun ushbu uslubiy ko’rsatmada qisqacha nazariy bayon berilgan. Bu ishning mazmunini va mohiyatini tushunishga yordam berib, ma’ruza materiallarini chuqurroq atroflicha tushunishga va qiziqish uyg’otishga xizmat qiladi.
Uslubiy ko’rsatmaga virtual laboratoriyalar kiritilmagan, ular uchun ajratilgan soatlar laboratoriya mashg`ulotlarining mavzulari qimida berigan.


Uslubiy ko’rsatmada ko’rsatilishicha har qaysi laboratoriya ishini bajarish uchun:
- tavsiya qilingan o’quv qo’lanmadan ushbu ishga tegishli fanning bo’limlari bilan atroflicha tanishish;
- ishlatiladigan asbob-uskunalarning tuzilishi va sxemasi bilan tanishish;
- tajribani texnika havfsizligiga rioya qilgan holda bajarish;
- ishni bajarish natijasida olingan ma’lumotlarga ko’ra hisobot tuzish kerak.
Tuziladigan hisobotda:
- ishning nomi, maqsadi va bajarilgan kuni ko’rsatilishi lozim;
- tajribani bajarishda qo’llanilgan asosiy tenglamalar, formulalar aniq va ravshan yozilishi talab etiladi;
- olingan ma’lumotlarni jadvalga yozib, hisoblarni bajarish kerak;
- ishga oid grafik asosida hisoblashlarni bajarish va grafiklarni to’g’ri tuzish, masshtablarni to’g’ri tanlanishiga va javoblarni aniq bo’lishini ta’minlash;
- o’lchashdagi xatolarni baholash kerak.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin