Reaksiyani bajarishda rux tuzining 2-3 tomchi eritmasiga tomchilatib NH4OH eritmasi qo`shiladi, bunda avval cho`kma hosil boladi, so`ngra keyinchalik u erib ketadi.
Natriy, kaliy yoki ammoniy karbonat bilan rux ioni ta`sirlashganda kislotalarda eriydigan oq (ZnOH)2CO3 cho`kma paydo bo`ladi:
2Zn2+ + ЗСО32+ +2H2O →(ZnOH)2CO3↓+ 2HCO3- Natriy gidrokarbonat rux ioni bilan uchinchi gruppaning boshqa kationlari singari oq rangli Zn3(PO4)2 cho`kmasi hosil qiladi. Cho`kma kislotalar, ishqoriar va ammiakda eriydi. Ammoniy tuzlari ishtirokida ZnNH4PO4 cho`kadi.
Ammoniy suifid rux ioni bilan ta`sirlashganda oq rangli ZnS cho`kma hosil qiladi:
ZnCl2 + (NH4)2S →ZnS↓ + 2NH4CI
Zn2+ + S2-→ZnS↓
Cho`kma kuchli kislotalarda eriydi, lekin CH3COOH va ishqorlarda erimaydi.
Reaksiyani bajarish. Rux tuzining 2-3 tomchi eritmasiga shuncha miqdorda reaktiv qo`shiladi.
Vodorod sulfid - H2S rux ioni bilan ta`sirlashganda oq rangli cho`kma tushadi:
ZnCl2 + H2S→ ZnS↓ + 2HC1
Zn2++S2-→ZnS
Kobalt kationining reaksiyalari Kobalt tuzlarining suyultirilgan eritmalari va kfistallgidratlari pushti ranglidir. Bu rang akvakompleks ion - [CO (H2O)6]2+ ning hosil bo`lishi bilan tushuntiriladi. Agar eritmalar bug`latilib, kompleks ion parchalansa yoki ularga suvni yo`qotuvchi etanol, konsentrlangan HC1 qo`shilsa ligandning o`zgarishi bilan rang pushtidan ko`kka aylanadi. Kobalt ioni cho`ktirish reaksiyalaridantashqari komplekslanish, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga ham uchraydi.
O`yuvchi ishqoriar—NaOH va KOH CO2+ ion bilan ko`ki rangli asosli tuz cho`kmasi hosil
qiladi:
СО2+ + Сl- + OН- →COOHCl↓
Agar cho`kmaga ishqor qo`shib qizdirilsa, asosli tuz pushti rangli СО(ОН)2 ga aylanadi:
COOHCl + OH-CO(OH)2↓ СО(ОН)2 cho`kmasi havoda asta-sekin oksidlanib, qo`ng`ir rangli СО(ОН)3 ga aylanadi:
4СО(ОН)2 + O2 + 2H2O → 4CO(OH)3↓
CO(OH)2 cho`kmasining oksidlanishini H2O2tezlashtiradi, natijada darhol qo`ng`ir rangli СО(ОН)3 hosil boladi:
2Co(OH)2 + H2O2 →2Co(OH)3↓
Co(OH)3 cho`kmasi H2SO4 da erimaydi, lekin uning H2O2 yoki Na2O2 bilan hosil qilingan aralashmasida Co (III) ning Co (II) gacha qaytarilishi natijasida eriydi.
Ammiak eritmasi bilan kobalt ioni avval ko`k rangli asosli tuz hosil qilib cho`kadi, ammiak yoki ammoniy tuzlaridan mol miqdorda qo`shilsa, cho`kma sarg`ish rangli kompleks ionga aylanib erib ketadi:
CoOHCI + 7NH4OH → [CO(NH3)62+ + 2OH- + NH4++ C1- + 6H2O
Ammoniy tuzlari ishtirokida ammiak CO2+ ionini cho`kitirmaydi. Agar eritmaga Fe3+, Al3+ yoki Cr3+ kationlari aralashgan bo`lsa, ularni ajratish vaqtida CO2+ qisman birgalashib cho`kadi.