Alyuminiy kationining reaksiyalari O`yuvchi ishqorlar alyuminiy ioni bilan ta`sirlashganda avval oq rangli А1(ОН)3 cho`kmasi hosil bo`lib, ishqor eritmasidan ko`proq qo`shilsa, alyuminiy va alyuminiy gidroksidning amfoterligi tufayli cho`kma erib ketadi:
Al3+ + 3ОН- → А1(ОН)3↓
Al(OH)3↓ + OH- → AlO2-+ 2H2O
Al(OH)3 ni tola cho`kitirishda eritmaning pH qiymati 5 atrofida bo`lishi kerak. Alyuminiy va Al(OH)3 cho`kmasining amfoterligini tekshirish uchun ko`proq ishqor qo`shib, hosil bo`lgan eritmaga tomchilatib suyultirilgan xlorid kislota eritmasi qo`shilsa, avval Al(OH)3 cho`kmasi hosil bo`ladi, so`ngra ko`proq kislota qo`shilsa, u erib ketadi:
AlO2- + H+ + H2O→ Аl(ОН)3↓
Al(OH)3↓ + 3H+ →Al3+ + 3Н2О
Reaksiyani А1(ОН)з hosil bo`lish bosqichida to`xtatish uchun eritmaning pH qiymatini 5 gacha pasaytiradigan reagent qo`shish kerak. Bunday reagent sifatida ammoniy xloridni qo`lash mumkin. Eritmadagi ammoniy ion ishqorning OH+ionini biriktirib NH4OH hosil qiladi, natijada
pH qiymati -9,2 bo`lgan ammiakli bufer aralashma yuzaga keladi. Bu sharoitda hosil bolgan Al(OH)3 cho`kmasi erimaydi. Bu reaksiya ko`pincha aralashmadagi alyuminiy ionini topish uchun sistematik analizda qo`llaniladi. Reaksiyaning ishonchliligini oshirishda aralashma eritmasi muayyan muddat qaynatiladi, bunda ammiak uchib ketadi va eritmaning pH qiymati ko`tarilib ketmaydi.
Reaksiyanibajarish uchun 4-5 tomchi alyuminiy tuzi eritmasiga 1 tomchi 2N NaOH eritmasini tomizing. Hosil bolgan loyqa eritmaning bir qismini olib, unga xlorid kislota eritmasidan bir necha tomchi tomizib, loyqaning erib ketishini kuzating. Loyqa eritmaning ikkinchi qismiga ham bir necha tomchi ishqor eritmasidan tomizib ko`ring. Bunda ham loyqa erib ketadi.