Umumiy kimyo



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə17/44
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#194806
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
Analitik laboratoriya 2 kurs

3. AgNO3 - kumush nitrat (Ag+ ioni)
AgNO3 karbonatlar eritmasiga ta’sir ettirilganda kumush karbonatning suyultirilgan kislotalarda va ammoniy gidroksidda eriydigan oq cho‘kmasi hosil bo‘ladi:
2Ag+ + CO3-2 → Ag2CO3
Tajriba: Probirkaga natriy karbonatning 2-3 tomchi eritmasi tomiziladi va unga shuncha kumush nitrat eritmasi qo‘shiladi. Natijada oq cho‘kma tushadi.
SO42- va SO32- ishtirokida CO32- ionini topish.
SO42- yoki SO32- ionlarining bo‘lishi CO32- ni topishga xalal beradi. Chunki sulfid va miosulfatlarga kislota ta’sir ettirilmasdan hosil bo‘ladigan SO2 gazi Ca(OH)2 eritmasi tomonidan yutilganda oq cho‘kma CaSO4 hosil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yuqoridagi anionlarni topgandan keyin ularni albatta oksidlash kerak. Buning uchun eritmaga H2SO4 qo‘shishdan oldin mo‘lroq(4-6 tomchi) H2O2 eritmasi qo‘shiladi. So‘ngra tajriba yuqorida ko‘rsatilganidek o‘tkaziladi. Vodorod peroksid o‘rniga boshqa oksidlovchilar KMnO4, KCrO4 va boshqalar ishlatilishi mumkin.


PO43- ionlarining xususiy reaksiyasi
1.BaCl2-bariy xlorid.
Bariy xlorid fosfatlarning neytral eritmalaridan bariy gidrofosfatning oq amorf cho‘kmasini ajratib chiqaradi:
Na2HPO4 + BaCl2 → BaHPO4↓ + 2NaCl
HPO4-2 + Ba2+→ BaHPO4
Cho‘kma mineral kislotalarda (H2SO4 dan tashqari) va sirka kislotada eriydi.
Tajriba: Natriy gidrofosfatning 4-5 tomchi eritmasiga shuncha bariy xlorid eritmasi qo‘shiladi. Cho‘kmaning xlorid va nitrat kislotalarda erishi tekshiriladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin