Laboratoriya ishi №12 Mavzu: Kompleksonometriya usuli. Ishchi eritmani konsentratsiyasini aniqlashni tushuntirish va amalda bajarish. Kompleksonometrik titrlash metall kationlarining kompleksonlar bilan kompleks birikma hosil qilish reaksiyasiga asoslangan. Bunda juda barqaror, suvda yaxshi eruvchan ichki kompleks birikmalar hosil bo‘ladi. Titrimetrik analizda asosan komplekson III yoki trilonВ deb ataladigan natriy digidroetilendiamintetraatsetat (EDTA) tuzi ishlatiladi. Komplekson III ning molekulyar formulasi quyidagicha:
HOOCCH2 CH2COONa \ /
nch2ch2n / \
NaOOCCH2 CH2COOH Bu moddaning ionlanish konstantasi katta bo'lib, metallar bilan hosil qilgan kompleksining barqarorligi metallaming xususiyatiga bog‘liq. Ichki kompleksning hosil bo'lishida metall ioni karboksil gruppadagi vodorod atomining o'mini egallaydi, azot atomi bilan esa koordinatsion bog* hosil qiladi. Ajralgan vodorodni bog'lash uchun reaksiya ammiakli bufer aralashma ishtirokida olib boriladi. EDTA ni qisqacha H,Y2 shaklda ifodalasak, reaksiya tenglamasi quyidagicha bo'ladi:
Me2+ + H2Y2 + 2NH3 -> Me Y2- + 2NH3 0,05 N li EDTA eritmasini tayyorlash. EDTA ning kationlar bilan kompleks hosil qilish reaksiyalarida ikkita vodorod atomi almashganligi uchun modda ekvivalentining molyar massasi:372,24
Demak, 1,0 /0,05 N li eritma tayyorlashda 186,12 0,05=9,306 g EDTA, 500 mltayyorlashda esa, 9,305-500/1000=4,653 g EDTA olish kerak bo'ladi.
EDTA ning eritmasini tayyorlashda uning hisoblangan tortimi texnik tarozida o'lchanib, o'lchov kolbasiga solinadi, ustiga kolbaning 1/3 qismigacha distillangan suv quyiladi va to'la erigyncha aralashtiriladi. Agar laboratoriyada EDTA ning yuqoriroq konsentratsiyali tayyor eritmasi bo'lsa, u holda shu eritmani suyultirib ham eritma tayyorlash mumkin.
0,05 N li EDTA eritmasining titrini o'rnatish. EDTA eritmasining titrini o'matishda kimyoviy toza CaCO3 yoki kimyoviy toza Zn metali ishlatiladi.
Shuningdek, EDTA ning titri magniy sulfat fiksanali yordamida ham aniqlanishi mumkin.