Umumiy kimyo



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə32/44
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#194806
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
Analitik laboratoriya 2 kurs

Laboratoriya ishi №11
Mavzu: Yodometriya usulida ishchi eritmani konsentratsiyasini aniqlash va shu usul bilan ishlash eritmadagi misning miqdorini aniqlash
Titrimetrik analizning yodometrik usuli erkin yodning yodid ioniga va aksincha, yodid ionining erkin yodga aylanishi bilan bog'liq bo'lgan quyidagi oksidlanish-qaytarilish jarayoniga asoslangan:
J2+ 2е —» 2J
Yodometriya usuli yordamida oksidlovchilarni ham, qaytaruvchilarni ham aniqlash mumkin. Bunda oksidlovchilar yodid ionni yodgacha oksidlaydi, qaytaruvchilar yodni yodid iongacha qaytaradi. Oksidlovchi kislotali muhitda ortiqcha kaliy yodid bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan,
K2Cr207+ 6KJ + 14HC1 -> 3J2+ 8KC1 + 2CrCl3+ 7H20
Bu reaksiyada aniqlanadigan oksidlovchi ekvivalentining mollar soni ajralib chiqqan yod ekvivalentining mollar soniga teng bo‘ladi. Ajralib chiqqan yod natriy tiosulfatning standart eritmasi bilan titrlanadi. Natriy tiosulfatning titrini aniqlashda kaliy dixromat birlamchi standart modda bo'lib xizmat qiladi.
Mis miqdorini aniqlash
Mis ionini aniqlash tekshiriladigan eritmadagi mis (II) ni platina katod sirtida toiig‘icha qaytarib, qaytarilgan misni doimiy tok kuchining qat’iy qiymatida (galvanostatik rejim) anod tokining keskin o'zgarishigacha oksidlashga asoslangan. Bunda elektroliz davomida vaqt oichanadi. Anod jarayoni uchun sarflangan elektr miqdori eritmadagi misning miqdoriga mutanosib.
Ishni bajarish tartibi. Elektrolitik bo‘g‘inning ishchi elektrodi joylashgan kameraga (100 ml hajmli) taxminan 45 ml fon elektroliti va 5 ml tekshiriladigan mis sulfat eritmasi solinadi. Elektrolitik bo‘g‘inning ikkinchi kamerasiga faqat shuncha miqdor fon elektroliti solinadi. Ishchi kameraga magnitli aralashtirgich o'zagi tushiriladi.
Ishchi kameradagi platina elektrodi tok manbasining manfiy qutbiga, yordamchi kameradagi platina elektrodi tok manbasining musbat qutbiga o‘zgaruvchan qarshilik, tok ulash kaliti va ampermetr orqali ulanadi. Elektrodlarga qutblarini hisobga olgan holda voltmetr parallel ulanadi. Zanjirni ulaganda kuchlanish 2 V ni tashkil etadigan holatga moslab, qarshilik tanlanadi. Shundan so‘ng eritmani aralashtirib turgan holda barcha mis katodga o'tguniga qadar elektroliz o‘tkaziladi. Tok uzilib, aralashtirish to‘xtatiladi va elektrodlarga ulangan elektr manbasining qutblari o'zgartiriladi. Voltmetr uzib tashlanadi, ampermetr milliampermetr bilan almashtiriladi. Ishchi elektrod misni anod jarayonida eritish vaqtida elektron voltmetrga, elektron voltmetrning ikkinchi klemmasi stakandagi kaliy xloridning 50 ml to‘yingan eritmasi boigan stakanga tushirilgan kalomel elektrodiga ulangan boiishi kerak. Stakan esa ishchi elektrodli kamera bilan kaliy xloridning to'yingan eritmasi toidirilgan U-simon nay yordamida tutashgan boiishi lozim. Qarshilikni tanlash orqali zanjirdan 1 mA chamasi tok o‘tishiga erishiladi. Shu tok qiymatida kulonometrik aniqlashni bajarish uchun bir vaqtning o‘zida kalit yordamida zanjirga tok va sekundomer ulanadi. Yaxshisi kalitga ulangan taymerdan foydalanish maqsadga muvofiq.
Laboratoriya jurnaliga tok kuchi qiymati qayd qilinib, elektron voltmetr yordamida mis bilan qoplangan anod potensialining o‘zgarishi nazorat qilib turiladi. Potensial sakrashi kuzatilgan zahoti tok va sekundomer to‘xtatiladi. Shundan so‘ng jumalga anod jarayoni uchun sarflangan vaqt qayd qilinadi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin