Xlorid kislotaning taxminiy 0,1 N li Eritmasini tayyorlash. Xlorid kislota dastlabki moddalarga qo‘yiladigan talablarga javob bermaydi. Shuning uchun odatda uning taxminiy konsentratsiyali eritmasi tayyorlanib, uning titri buraning standart eritmasi yordamida aniqlanadi. Xlorid kislotaning taxminiy 0,1 N eritmasini tayyorlash uchun laboratoriyada mavjud bo‘lgan konsentrlangan kislotaning molyar konsentratsiyasini uning zichligi (p) bo‘yicha ma’lumotnomadan (Ю.Ю. Луре. Справочник по аналитической химии. - М.: Ximiya, 1979) topamiz va tayyorlanishi mo'ljallangan hajmli (Vt) eritmani tayyorlash uchun talab etiladigan kislotaning hajmi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
VHCl Agar ma’lumotnomadan konsentrlangan kislotaning massa ulushi (w) olingan bo‘lsa, uni normal konsentratsiyaga aylantirish uchun:
VHCl
formuladan foydalaniladi.
Masalan, 250 ml 0,1 N eritma tayyorlanishi kerak bo'lsa, zichligi l,19 g/ml bo‘lgan 38 % li HCl eritmasining normalligi 12,4 N li bo’ladi, undan birinchi formulaga qo’yib 2,016 ml olib, 250 ml hajmli kolbada eritib, eritma hajmini distillangan suv bilan kolbaning belgisigacha yetkazish kerak.
Titrlash tartibi. Toza byuretka standartlanadigan HC1 eritmasidan oz-ozdan olib, uch marta chayilgandan so‘ng shu eritma bilan to’ldiriladi. So'ngra toza Mor pipetkasi 2-3 marta buraning standart eritmasi bilan chayib tashlanadi. So'ngra shu pipetka yordamida bura eritmasidan alikvot qism (20 ml) olib konussimon kolbaga solinadi. Konussimon kolbadagi bura eritmasiga 2-3 tomchi metiloranj indikatori eritmasidan tomiziladi. Konussimon kolbadagi eritma aralashtirib turilgan holda sariq rangdan qizg‘ish rangga o'tguncha byuretkadagi HC1 eritmasi bilan titrlanadi. Titrlash kamida uch marta takrorlanadi.