Tarozining nolinchi nuqtasini topish va tortish. Analitik tarozilarning ayrimlarida tarozi strelkasi shkala bo'ylab, ayrimlarida esa shkala qo'zg'almas chiziq bo'ylab o'ngga va chapga tebranadi. Strelkaning shkala yoki shkalaning chiziq bo'ylab tebranishi to'xtagandan keyingi turish nuqtasiga tarozining nolinchi nuqtasi deyiladi. Har xil tasodiflar tufayli tarozining nolinchi nuqtasi o'zgarib turganligi uchun tortishdan avval nolinchi nuqta topiladi. Amalda strelka yoki shkalaning tebranishdan to'xtashini kutib turishga hojat yo'q (dempferli tarozilarda u tezda to'xtaydi). Tarozi strelka yoki shkalasining o'ngga va chapga og'ishlari (odatda, uchinchidan boshlab) asosida tarozining nolinchi nuqtasi quyidagicha topiladi. Buning uchun chapga va o'ngga siljigandagi qiymatlar hisobga olinadi. Har ikkala tomonga bo'lgan og'ishlar qo'shilib, ikkiga bo'linganda hosil bolgan qiymat tarozining nolinchi nuqtasini ko'rsatadi. Ikki-uch og'ishlar hisobga olinsa, nolinchi nuqta yanada aniqroq topiladi. Topilgan nolinchi nuqta tortish natijasini yozib olishda hisobga olinadi. Tarozining nolinchi nuqtasi topilgach, tortishga kirishiladi. Tortish vaqtida yuqoridagi qoidalarga rioya qilgan holda chap pallaga tortiladigan buyum, o'ng pallaga toshlar qo'yiladi. So'ngra tarozi sekin arretirdan bo'shatiladi. Oddiy pallali tarozidan foydalanilayotgan bo`lsa, birinchi va ikkinchi raqamlar disk dastasidagi yelkaga qo'yilgan yukchalar massasini ko'rsatuvchi raqamlar yoki pallaga qo'yilgan toshchalar (500,200,100, 50,20,10 mg) bo'yicha yozib olinadi. Agar reyterli tarozi ishlatilayotgan bolsa, reyteming turgan joyiga qarab uchinchi va to'rtinchi raqamlar yozib olinadi. Reytersiz tarozilarda bu raqamlar ekrandagi
shkaladan yozib olinadi. Bir pallali tarozilarda moddaning massasi ekrandagi raqamlar asosida yozib olinadi.
Analitik tarozilarning sezgirligi va aniqligi. Pallalariga yuk qo'yilmagan tarozi strelkasining to'xtash joyi nolinchi nuqta, pallalarida yuk bo'lgan tarozi strelkasining to'xtash joyi muvozanat nuqtasi deyiladi. Tortish vaqtida bu nuqtalar o'zaro mos kelishi kerak. Muvozanatdagi tarozining pallalaridan biriga 1 mg yuk qo'yilsa, tarozi strelkasi muvozanat nuqtasidan siljiydi. Siljish qancha katta bo'lsa, tarozi shuncha sezgir hisoblanadi.
Mazkur formulaga muvofiq tarozi shayinining uzunligi qancha katta, uning massasi va tarozi tayanch nuqtasi bilan og'irlik markazi orasidagi masofa qancha kichik bo`lsa, tarozi shuncha sezgir bo`ladi.
Shuni unutmaslik kerakki, tarozining uchala prizmalari qirralari bir tekislikda yotgandagina tarozining sezgirligi ushbu formula yordamida baholanishi mumkin. Amalda bu shartning bajarilishi juda qiyin bo'lib, tortish davomida tarozi shayini ma'lum darajada cgiladi. Shayin egilganda tarozining sezgiriigi boshqa qiymadarga ham bog'liq boladi. Bu bog'liqlikni quyidagi tenglama bilan izohlash mumkin:
bu yerda, P - tarozi pallasidagi yukning massasi; b - shayinning egilish burchagi.
Oxirgi formuladan ko'rinishicha, palladagi yukning massasi P va egilish burchagi b qancha katta bo'lsa, tarozining sezgirligi shuncha kichik boladi. Har qanday analitik tarozi malum massagacha tortishga moljallangan bolib, unda shuncha yukdan ortiq tortish qat'iyan man qilinadi.
Tarozi shayini yelkalarining uzunliklari, o'ng va chap yelkalar (pallalar bilan birgalikda) massalari o'zaro teng, prizmalar qirralari esa parallel bolsa, tarozi to'g'ri tortadi. Tarozining to'g'riligini, jismning haqiqiy va tortilgandagi massalari orasidagi farq belgilaydi. Muayyan jismni qayta tortganda tortish natijalari orasidagi farq tarozining aniqligini ifodalaydi. Odatda, qayta tortishlar natijalari tarozining aniqligidan oshmasligi kerak. Masalan, aniqligi 0,0002 g bo'lgan tarozida tortganda bu farq 0,0002 g dan oshmasligi kerak. Aniqligi 0,0001 g bo'lgan tarozilarda tortganda tortishlar orasidagi farq 0,0001 g bolishi kerak. Buning uchun tarozi yelkalari o'zaro teng bolishi kerak. Tarozi prizmalari qirralarining o'tkirligi tarozining sezgirliginigina emas, balki uning aniqligini ham belgilaydi.
Moddani tarozida bevosita tortib, uning haqiqiy massasini aniqlab bo'lmaydi. Buning sababi shundan iboratki, tarozi yelkalari har doim ham teng bo'lmaydi, modda havoda tortiladi, havoning massasi esa hisobga olinmaydi. Ko'pchilik analitik ishlar uchun bulaming kiritadigan xatolari tortiladigan va aniqlanadigan tarkibiy qismlar uchun uncha katta bolmaydi, binobarin, bunday xatolar e'tiborga ham olinmaydi. Ba'zi hollarda jismning haqiqiy massasini bilish ham talab etiladi. Tarozi yelkalarining o'zaro teng emasligi natijasida yo`l qo'yiladigan xatolarning ta'sirini yo'qotish uchun ikki marta tortish, o'rin almashtirib tortish va tarozining maksimal tortishga mo`ljallangan massali buyumni tortish (Mendeleyev usuli) usullari dan foydalaniladi.
Jismning haqiqiy massasini topish uchun
P0=P+ρh(P/ρ1 - P/ρt)
formuladan foydalaniladi. Bu yerda, P0 jismning bo'shliqdagi haqiqiy massasi; ρh- havoning zichligi; ρ1-jismning zichligi; ρt - toshlarning zichligi. Havoning zichligi bosim, namlik va haroratga bog'liq. Ko'pchilik hollarda uni 0.0012 deb olish mumkin. Toshlarning zichligi ular yasalgan metallga bog'liq bo'lib, jezdan yasalgan toshlarning zichligi 8,4, alyuminiydan yasalganiniki 2,6 ga teng. Tortishning to'g'riligi tarozi toshlari massasining nominalga mosligiga bogliq. Tarozi toshlari aniq massali qilib yasalsa-da, ulardan foydalanish jarayonida massalari biroz kamayishi mumkin. Shuning uchun toshlarning massalari vaqti-vaqti bilan tekshirib turiladi (odatda bu ish davlat etalon korxonalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi). 2 g massali toshning massasi ikkita 1 g massali toshlar massalariga teng bo'lishi kerak. Toshlarning massalarini tekshirish uchun ikki marta tortish usulidan foydalaniladi.
Bariy xlorid tarkibidagi kristallizatsiya suvining massa ulushini aniqlash Ayrim moddalar cho'kkanda o‘zi bilan ma’lum miqdor suvni birga cho‘ktiradi. Modda tarkibidagi bunday suvga kristallizatsion suv deyiladi. Tarkibida kristallizatsiya suvi bo’lgan moddalar muayyan formulaga javob berishi kerak. Shu bois modda tarkibidagi bunday suv, ayrim hollarda, stexiometrik suv ham deb ataladi. Ko’pchilik jismlar va moddalar namlikni yutadi. Moddalar tomonidan yutilgan bunday namlik gigroskopik namlik deyiladi. Kristallizatsion va gigroskopik namlikni gravimetrik haydash usuli yordamida aniqlashda tekshiriladigan modda qizdiriladi. Aniqlashni bajarishda tekshiriladigan moddaning ma’lum tortimi o'lchab olinadi va u 105-225 °C haroratda qizdiriladi. Qizdirish natijasida modda tarkibidagi kristallizatsion suv yoki gigroskopik namlik haydaladi. Dastlabki tortim va quritilgan qoldiq massalari farqi kristallizatsion suv yoki gigroskopik namlikning massasiga to‘g‘ri keladi.
Kristallgidratlar saqlanganda qisman parchalanadi. Shuning uchun ham bunday moddalardan foydalanishdan oldin ularning tarkibidagi kristallizatsion suvning miqdori aniqlanishi yoki modda qayta kristallanishi kerak.
Bariy xlorid tarkibidagi kristallizatsion suvni aniqlash bariy xlorid kristallgidratining tortimini quritishga asoslangan. Bariy xlorid kristallgidrati 105-125 °C haroratda to‘liq parchalanadi va quriydi.