Ishdan maqsad: eriganmoddaning molekulyar og’irligini krioskopik usulda aniqlash.
Kerakli asbob va reaktivlar: molekulyar massani krioskopik usulda aniqlash uchun ishlatiladigan asbob-krioskop, texnik kimyoviy tarozi, glyukoza, tuz moddasi, distillangan suv, termometr, barometr, menzurka, stakan.
NAZARIY MA’LUMOT
Eritmalar toza erituvchining muzlash haroratiga nisbatan past haroratda muzlaydi. Eritmaning muzlash harorati erituvchining tabiatiga va uning konsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi.
Noelektrolit moddalarning suyultirilgan eritmalari uchun quyidagi tenglama asosida haroratning konsentratsiyaga bog’liqligi ifodalangan:
(1)
bu erda:
t0 - erituvchining muzlash harorati;
t1 - eritmaning muzlash xarorati;
∆t - eritmaning muzlash haroratining pasayishi;
Emuz- krioskopik doimiylik;
C- eritmaning 1000 gramm erituvchiga nisbatan molyal konsentrasiyasi
Emuz - krioskopik doimiylik har bir erituvchi uchun doimiy kattalikka ega bo’lib, uni muzlash haroratining molekulyar pasayishi yoki krioskopik doimiylik (krios-grekcha so’z bo’lib, muzlash-sovutish degan ma’noga ega) deb ataladi.
Krioskopik doimiylikni son qiymati , 1000 gramm erituvchida 1 mol modda eriganda uning konsentrasiyasi S ga to’g’ri proporsional bo’ladi. Masalan: suv uchun Emuz=1,86; benzol uchun Emuz=5,1. Erituvchining Emuz- muzlash haroratining molekulyar pasayishi uning tabiatiga bog’liq bo’lib, eritmaning konsentratsiyasiga va erigan moddaning kimyoviy tarkibiga bog’liq emas.
Erigan moddaning molekulyar og’irligi eritmaning muzlash haroratini kattaligi, eritma konsentratsiyasi va 1000 gramm erituvchiga nisbatan quyidagi formuladan hisoblanadi.
Agar G g erituvchida m g modda eriganda eritmaning konsentratsiyasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
(2)
bu erda:
C - eritmaning 1000 gramm erituvchiga nisbatan konsentratsiyasi, molyal;
m - erigan moddaning og’irligi, g;
M - erigan moddaning molekulyar og’irligi, g;
- erigan moddaning molekulalar soni.
Erigan moddaning molekulyar og’irligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
; (3)
bundan
(4)
Eritmalarning muzlash haroratini pasayishini krioskopik usulda aniqlash faqat suyultirilgan eritmalarga qo’llaniladi va 0,002 grad. qiymat asosida o’lchaydigan termometrlardan foydalaniladi.
Ishning bajarilishi:1. Stakan sovutgich aralashma bilan to’ldiriladi. 2. Bo’sh probirka texnik kimyoviy tarozida tortiladi. So’ngra unga distillangan suv quyiladi. Suvning sathi termometr sharigining yuqori qismidan 2-3sm baland bo’lishi kerak. Sharikning pastki qismi probirka tubidan 1-2sm yuqorida turish zarur. Suvli pipetkani tarozida tortib uning og’irligidan bo’lgan probirka og’irligini ayirib tashlasak toza erituvchining og’irligi topiladi.
3. Probirkaning sovutgich aralashmaga tushiriladi va asta-sekin aralashtirib turib, kristallar cho’kmaga tusha boshlaguncha t0C belgilab olinadi. Bu toza suvning taxminiy muzlash t0 C si bo’ladi.
4. Probirkani sovutgich aralashmadan olinadigan va kristallari butunlay erib ketguncha qo’l bilan isitiladi.
5. Probirkani pojunga quyiladi va sovitgich aralashma solingan stakanga uning qog’ozi orqali tushiriladi. Sovitish jarayonining kristallar hosil bo’lguncha takrorlanadi. Muzlash t0 siga yaqin t0 da aralashtirish to’htatiladi va eritma o’ta soviydi.
6. Boshqa kichkina probirkaga glyukoza solib, analitik tarozida tortib olinadi. (0,32-0,52g) va uni suvda eritish uchun prabirkaga yonidan chiqarilgan naycha orqali solinadi. Suvda eritilgan moddaning og’irligi yozib olinadi.
7. Aralashtirgich bilan aralashtirib tortib olingan glyukozaning hammasi eritiladi. So’ngra probirka yonidan chiqarilgan nayning og’zi probirka bilan zich qilib berkitiladi.
8. Yuqorida ko’rsatilgan usullar bilan glyukoza eritmasining hajmiy harorati topiladi.
9. Muzlash haroratining pasayishi (t=t0-t1) topib va suvning krioskopik doimiyligini bilgan holda, formuladan glyukozaning molekulyar og’irligi hisoblab chiqariladi.