Umumiy kimyoviy texnologiya


O`zbekistonda kimyoviy ishlab chiqarishning paydo bo`lishi va



Yüklə 459,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix20.04.2023
ölçüsü459,25 Kb.
#101078
1   2   3   4   5   6   7   8
1 MAVZU UKT (2)

2. O`zbekistonda kimyoviy ishlab chiqarishning paydo bo`lishi va 
taraqqiyoti. 
O`zbekistonda kimyo sanoatini barpo etish va uni rivojlantirish uchun zarur 
bo`lgan xom ashyo bazasi va shart-sharoitlar hammasi etarli darajada mavjud 
bo`lgan bo`lsa ham kimyo sanoati nisbatan ancha kech paydo bo`ladi. 
O`zbekistonda eng keksa kimyoviy ishlab chiqarish korxonasi (kichik-kichik 
keramik buyumlari ishlab chiqarishni xisobga olmaganda) 1906 yilda Farg`onada 
Vannov stantsiyasi yaqinida qurilgan neft`ni qayta ishlash zavodidir. Ikkinchi 
shunday zavod Farg`onada (Mel`nikov nomli)1915 yilda qurildi. Ularda asosan 
kerasin olinar edi va u yoritish maqsadida ishlatilgan (chiroqlarda yoqilgan). 
Keyinchalik Toshkentda lak-bo`yoq va soda zavodlari (1920y.). Bekobod 
tsiment va oxak zavodlari(1926y.)qurilib ishga tushirilgan. O`zbekiston sobiq ittifoq 
tarkibida eng yirik paxtakor xo`jalik bo`lgani uchun,unda kimyo sanoatining 
vujudga kelishi asosan paxtachilik uchun zarur bo`lgan o`g`itlar ishlab chiqarish 
korxonalarining qurilishidan boshlandi.1940 yilda ruspublikamiz kimyo sanoatining 
giganti- Chirchiq elekrokimyo kombinati qurilib ishga tushirildi. Kombinat o`sha 
yilning o`zidayoq qishloq xo`jaligimiz uchun 1 ming 600 t.mineral o`g`it ishlab 
chiqardi. 
1942 yilda Qo`qon superfosfat zavodi, 1965 yilda Navoiy kimyo 
kombinati,1975 yilda Olmaliq ammofos zavodlari 2000 yilda kizilkum fosforit 
zavodi kurilib ishga tushirildi. 1985 yilga kelib respublikamiz to`yimli moddalarini 
100 foizga aylantirib hisoblaganda 1mln.592 ming t.mineral o`g`it ishlab chiqardi 
va o`g`it ishlab chiqarish bo`yicha Bolgariya, Vengriya, Pol`sha, Yugoslaviya, 
Chexoslovakiyadan ham o`zib ketdi. Hozirgi paytda O`zbekiston Yaponiya bilan 
taxminan teng miqtorda o`g`it ishlab chiqarmoqda.Respublikamizda qurilish 
materiallarining asosi bo`lgan tsement ishlab chiqarishning to`ng`ich korxonasi 
Bekobod tsement zavodidir(1926y),keyingi yillarda Quvasoy (1932y.)va 
Angren(1949y.)tsement zavodlari,1968 yilda Ohangaron,1978 yilda Navoiy tsement 
zavodlari qurilib ishga tushirildi.Natijada ruspublikamizming tsementga bo`lgan 
ehtiyoji to`la qondirildi. Bu esa O`zbekistonda qurilish ishlarining rivojlanishiga 
katta ijobiy ta`sir ko`rsatdi.Ikinchi jaxon urishidan keyingi tinch qurilish 
yillarida,chinni sanoati barpo etildi. 

Yüklə 459,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin