27
sarflanadi, demak, energo resurs birligi evaziga 2 barobar ko’p mahsulot olinadi,
Resurslarning kamyobligi umumiy xodisa. Bu ekiladigan yerlarning er osti va
er usti boyliklarning, mehnatga yaroqli aholi sonining cheklangan bo’lishi, energiya
resurslarining etishmasligida ifoda etiladi. Masalan, keyingi 200 yil ichida er
yuzasida istemolchilar soni 5 marta ko’paydi,
ammo er sathi, tabiiy boyliklar
ko’paygani yo’q. Er kurrasini 72% okeanlardan, 28% esa quruqlikdan iborat, ammo
quruqlikni ham talay qismida yashab bo’lmaydi. Chunki, qumlik, sahro, suvsiz cho’li
biyobon, osmono’par tog’lardan iborat. Sarf etilgan
er osti boyliklarni umuman
tiklab bo’lmaydi, ammo erning o’simliklar va xayvonot olamini tiklab bo’ladi.
Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida malakali ish kuchi ham kamyob
resursga aylanadi. Shunday sharoitlarda kishilar o’sayotgan
ehtiyojlarni faqat
mavjud resurslarga tayangan holda qondirishga harakat qiladilar.
Dostları ilə paylaş: