Internet veb-saytlari
1.
http:\\www.cer.uz
–
O’zbekiston Respublikasining “Iqtisodiy tadqiqotlar markazi”
ning “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnalining elektron manzili. Turli xil
iqtisodiy mavzularga oid materiallarni olishga imkon beradi.
2.
http:\\www.economyfaculty.uz – “Mikro-makroiqtisodiyot” kafedrasi sayti
mavjud bo’lgan veb-sayt
3.
http:\\economics.com.ua –bozor iqtisodiyotiga taalluqli bo’lgan ma’lumotlar veb-
sayti
4.
http:\\www.bearingpoint.uz – “O’zbekiston iqtisodiyoti” qo’llanmasiningg veb-
sayti
5.
http:\\goldenpages.uz – iqtisodiyotning eng so’nggi yangiliklari
6.
http:\\rea.ru – Rossiya iqtisodiyot akademiyasining veb-sayti
7.
http:\\5ballov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa.
8.
http:\\bankreferatov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
47
VII-MAVZU. IQTISODIY RAQOBAT TUShUNChASI
7.1. Iqtisodiy raqobat mazmuni
7.2. Raqobat va baho
7.3. Raqobat - bozorni tartibga soluvchi kuch
7.1. Iqtisodiy raqobat mazmuni
Bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi, uning taraqqiy etishiga katta ta’sir
ko’rsatuvchi raqobatdir. Raqobat kurashining ahamiyati shunchalik yuqoriki, usiz
bozorni tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki, u bozor iqtisodiyotining mazmunidir.
Bozor sharoitidagi raqobat
iqtisodiy raqobat
bo’lib, u iqtisodiy jarayonda yuz
beradi. Undagi asosiy maqsad bozor ishtirokchilarining erkin faoliyat sharoitini
yaratish, har bir ishtirokchi o’z harakati uchun zarur muhit va holatni ta’minlash
bilan bog’liq bo’lgan kurashdan iboratdir. Har bir bozor ishtirokchisining kerakli
ishlarni boshqalarga nisbatan muvaffaqiyatli hal qilishi, buning uchun zarur
sharoitlarni oldindan va o’z vaqtida yarata olishi, doimo ustunlikka ega bo’lishi
kabilar iqtisodiy raqobat kurashining mazmunini tashkil qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga qatnashuvchilar bir-biri uchun raqib hisoblanib, o’zaro
kurash olib boradilar. Alohida-alohida holdagi ishtirokchilarning bir-birlari
o’rtasidagi kurashi umuman bozor iqtisodiyoti bilan yakunlanadi.
Iqtisodiy raqobat kurashida qatnashuvchilar bir-birlarini shaxsan bilishlari,
tanish bo’lishlari zarur emas. Buning uchun avvalo bozor xususiyati, uning harakat
qonuniyatlarini yaxshi bilgan, sezgan holda faoliyat ko’rsatish asos bo’lib xizmat
qiladi.
Ma’lumki, har bir narsada, har qanday sharoitda tezroq, ertaroq, har
tomonlama o’ylab harakat qilgan oldin ulgurganidek va to’la maqsadga erishganidek
raqobat kurashida bozor masalalarini hal qilish ham shunga o’xshab ketadi.
Raqobat kurashida barcha ham muvaffaqiyatga erishishga muyassar bo’lmaydi.
Bu tajriba, bilim, matonat, tavakkalchilik va albatta, yirik sarmoyaga ega bo’lishni
talab qiladi.
Raqobat kurashi keng mazmunli, ko’p qirrali bo’lib, bozor iqtisodiyotining
barcha davrlari, sohalari, tarmoqlarida yuz beradi. Raqobat kurashiga bardosh bera
oladigan shaxsgina bozor taraqqiyotiga ko’p hissa qo’sha oladi.
Raqobat kurashining asosiy mazmuni xaridorlarni o’ziga ko’proq jalb etish
sharoitini yaratishdir. Chunki, har bir tadbirkorning molini sotib oladigan xaridor
ko’p bo’lsa, u sotish muammosini tezroq hal etadi, ishi tezlashadi, yuqori foyda
oladi. Sarmoyasi qancha tez qaytib, tez harakatda bo’lsa, shunchalik ko’p mahsulot
ishlab chiqarishga, ko’proq sotishga muyassar bo’ladi.
Tadbirkor uchun kurashdagi eng muhim narsa zarur tovarni, xizmatni o’z
vaqtida ko’proq ishlab chiqarish va xaridorga tezroq etkazishdir. Bu jarayonda
boshqalarga nisbatan oldinroq ulgursa, albatta u bu kurashda g’olib chiqish
imkoniyatini qo’lga kiritgan bo’ladi. Bu, birinchi navbatda, bir xil tovar ishlab
chiqaruvchilar va bir xil xaridorlar o’rtasidagi kurashdir. Shuning uchun ham
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
48
raqobatdagi harakatning keng hajmlisi bozor uchun, tovarni muvaffaqiyatli sotish
uchun bo’lgan kurashdir.
Raqobat kurashi iqtisodiy faoliyatning boshqa tarmoq va sohalarida ham yuz
beradi. Masalan, xomashyo uchun kurashni olaylik. Ma’lumki, bu ishlab chiqarishda
katta ahamiyat kasb etadi. Kerakli xom ashyodan o’z vaqtida, kerakli miqdor va xissa
olish uchun harakat qilish umumiy muvaffaqiyat uchun zarur shartdir. Yuqori
samarali xomashyo joylarini qo’lga kiritish, arzon energiya uchun kurash katta o’rin
egallaydi.
Bulardan
yana
biri
ish
kuchi
ta’minotidir.
Yuqori
ma-
lakali, tajribali ishchi, xizmatchilarga ega bo’lish, ayniqsa tadbirkor, savdogar uchun
juda kerak. Etarli miqdorda ularga ega bo’lish, kasaba uyushmalariga ta’sir etish uchun
kurash raqobatda o’rinlidir. Demak, sotuvchilar, tadbirkorlar o’rtasidagi raqobat
asosan xaridorlar, ish kuchi, xomashyo, material, ma’qul energiya xili uchun olib
boriladi.
Dostları ilə paylaş: |