Х alq korxona mulki. Bu shakldagi mulk hissador mulkdan kelib chiqadi.
Chunki aktsiyalar egalari korxonada ish-laydilar. Shuning uchun ular ayni vaqtda
korxonaning mulkdori huquqiga ega bo’ladilar. Bu korxonalar faoliyatiga aktsiyaga
ega bo’lgan xodimlar ham qatnashuv huquqini qo’lga kiritadilar. Natijada hissadorlik
korxona daromadidan shu hissadorlar manfaatdor bo’ladilar. Masalan, AQShni xalq
kapitali mamlakati deydilar. Chunki, aktsiyaga ega bo’lgan xodimlar korxonalarda
ko’pchilikni tashkil etadi. 1994 yilda xalq korxonalarida 11 mln. dan ortiq kishi
ishlagan va aktsiyalarning 20 foizdan 51% foizigachasi ishlovchilarning birgalikdagi
mulkidan iborat bo’lgan. U erda xalq korxonalari deb ataluvchi xo’jaliklar miqdori
ortib bormoqda. Bunday holatda, albatta, ekspluatatsiya mazmuni o’zgaradi va
mehnatga erkli munosabat asos bo’lib hisoblanadi.
Mulk shakllarining mohiyati va mazmuni bilan tanishish shuni ko’rsatadiki,
bozor iqtisodiyoti uchun barcha mulk shakllari ahamiyatli bo’lib, har biri o’ziga xos
ustunlikka egadir. Aytish mumkinki, har bir mulk shakli bozor iqtisodiyoti uchun
zaruriy bo’lib, ular umumiy taraqqiyot jarayonida bir-birini to’ldirib boradi. Shuning
uchun xam bozor munosabatlari sharoitida mulk shakllarining turliligi va har bir mavjud
shaklining taraqqiy etib borishi talab etiladi. Bu jarayon erkin raqobat sharoitida
amalga oshishi kerak.
Qisqacha xulosalar Mulk modiy va boshqa boyliklardan foydalanish sharoitlari, munosabatlari,
egalik qilish, o’zlashtirish mazmunini o’z ichiga olib iqtisodiy faoliyatda namoyon
bo’ladi.
Har bir davlat o’z mulkini tashkil etadi.
Х
ususiy mulk indivudial va koperatir shakilda bo’ladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com