Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
11.2. Pul va inflyatsiya 
 
Zarur pul miqdori bilan mavjud miqdor o’rtasida farq katta bo’lsa, u 
iqtisodiyotda salbiy oqibatlarga, chunonchi inflyatsiyaga olib keladi. Chunki, 
muomalada pul ko’p bo’lib, ortiqchalik darajasi ko’tarilib borsa inflyatsiya ro’y 
beradi. Bunday holat iqtisodiyotni tebrantiradi, aholi turmush darajasini pasaytiradi. 
Giperinflyatsiya, qimmatchilik, qashshoqlanish kuchayadi va umuman iqtisodiyot 
izdan chiqadi. 
Inflyatsiya mamlakatda bahoning umumiy darajasining ko’tarilishi jarayonidan 
iborat bo’lib, ilgari buning sababini qog’oz pullardan axtarishar edi. Lekin pul 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


82 
chiqarish qattiq nazorat ostiga olinganda ham inflyatsiya holati mavjudligi 
aniqlangan, ya’ni gap faqat davlatning pul chop etishi imkoniyati mavjudligida emas 
ekan. Uning sabablari ko’p va ular bir necha xil ko’rinishda bo’ladi. Iqtisodiy 
islohotlar, ishlab chiqarish tuzilishining keng hajmdagi o’zgarishi, umuman, bir 
iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga o’tish kabi o’zgarishlar albatta inflyatsiya bilan bog’liq 
bo’ladi. Chunki, bunday holatlar talab va taklif muvozanatining o’zgarishi, pulga 
bo’lgan ishonchning pasayishi, narx-navoning tezlik bilan o’zgarishi, aksar hollarda 
uning ko’tarilib borishi natijasida yuz beradi. 
Buning ikki tomoni ta’sirlidir: birinchisi talab 
inflyatsiyasi 
bo’lsa, ikkinchisi 
xarajatlar inflyatsiyasidir. 
Tijorat, firmalar, hukumat yuzaga keladigan zaruriyatlar 
tufayli ishlab chiqariladigan tovarlarga nisbatan ko’proq pul sarf etadi. Bu taklifga 
nisbatan talabning o’sishiga olib kelib, o’z navbatida, baholarning ko’tarilishi bilan 
yakunlanadi. 
Х
arajat inflyatsiyasi ishlab chiqarish xarajatlarining o’sib borishi 
vositasidir. Bundagi bahoning o’sishi resurslarga xarajatlarning ortib borishi va 
buning esa tovarlar bahosida o’z aksini topishi inflyatsiyani kuchaytiradi. Aytaylik, 
energiya, xomashyo va materiallar qimmatlashuvi xarajatlar inflyatsiyasi sabablaridir. 
Bunda ish xaqining o’sib borishi, ko’tarilayotgan baholarni oldindan ko’zlab, 
ishchilarning ish xaqini oshirish uchun urinishlar va shunga o’xshash boshqa 
harakatlar kuchayadi va bu inflyatsiyada o’z aksini topadi. 
Inflyatsiyaning oldini olishda normal tovar-pul muomalasi jarayonini ta’minlash, 
uning uchun pulning ma’lum miqdorda bo’lishi, uning na ko’p va na oz bo’lishiga 
qarshi kurash eng ma’qul yo’l. Bu talab va taklif muvozanatini ta’minlaydi. Baho 
ko’tarilishining oldini olishga qaratilgan barcha chora-tadbirlar inflyatsiyaga qarshi 
qaratilgan harakat hisoblanadi. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin