Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
Internet veb-saytlari 
 
1.
http:\\www.cer.uz
 –
O’zbekiston Respublikasining “Iqtisodiy tadqiqotlar markazi” 
ning “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnalining elektron manzili. Turli xil 
iqtisodiy mavzularga oid materiallarni olishga imkon beradi. 
2.
http:\\www.economyfaculty.uz – “Mikro-makroiqtisodiyot” kafedrasi sayti 
mavjud bo’lgan veb-sayt
3.
http:\\economics.com.ua –bozor iqtisodiyotiga taalluqli bo’lgan ma’lumotlar veb-
sayti 
4.
http:\\www.bearingpoint.uz – “O’zbekiston iqtisodiyoti” qo’llanmasiningg veb-
sayti 
5.
http:\\goldenpages.uz – iqtisodiyotning eng so’nggi yangiliklari 
6.
http:\\rea.ru – Rossiya iqtisodiyot akademiyasining veb-sayti 
7.
http:\\5ballov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna 
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa. 
8.
http:\\bankreferatov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna 
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa. 
 
 
 
 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


79 
XI-MAVZU. PUL 
 
11.1. Pul va pul tushunchasi 
11.2. Pul va inflyatsiya 
11.3. Pul qiymat o’lchovi va jamg’arma vositasi 
 
 
11.1. Pul va pul tushunchasi 
Pulning kelib chiqishi. 
Moliya, kredit va banklarning paydo bo’lishi va 
ularning faoliyati negizida pul yotadi. Pul inson kashfiyoti bo’lib, u juda qadimdan 
ma’lum. Pulning taqdiri ayirboshlashga borib taqaladi. Insonning yana bir muhim 
kashfiyoti bo’lgan ayirboshlash va uning rivoji pulni yuzaga keltirgan. 
Pul birdaniga hozirgi shakliga aylangani yo’q. Bu uzoq davom etgan taraqqiyot 
natijasidir. Ayirboshlash boshida bevosita tarzda amalga oshgan, ya’ni tovar bevosita 
tovarga almashilgan. Bu jarayon kengayishi bilan vositachilik zaruriyati tug’iladi, 
uning oddiy shakllari murakkablashib, pulning va uning hozirgi holatining paydo 
bo’lishiga olib keladi. 
Tarixda pul vazifasini sharoitga qarab turli tovarlar (masalan, tuz, asal, 
quritilgan baliq, sadaf, mo’yna kabilar) bajargan. Kengroq tarqalgani chorva bo’lgan. 
Lotinlarda pul "pessiya" deb atalib, chorva so’zidan olingan. Kapital "kapit" so’zidan 
olinib, bu ham lotincha chorva boshi degan mazmunni bildiradi. Tarixda halqasimon 
katta-kichik toshlar, bug’doy, un, choy, fil suyagi pul o’rnida ishatilganligi ma’lum. 
Pulning paydo bo’lishidagi keyingi davr metall pullar bo’lib, bunda kumush va 
oltin etakchilik qilgan. Aytaylik, Buyuk Britaniya pul birligi funt sterlingning ma’nosi 
bir funt kumushni anglatadi. Rossiya pul birligi rubl kumushning bo’lagi, bo’lingan 
qismi ma’nosini bildiradi. Dollar va taller ham "tahler", ya’ni katta kumush tangalar 
degan ma’noni beradi. 
Pulning eng keyingi ko’rinishi qog’oz
pullar bo’lib, buning ham tarixi katta. 
Bundan oldin monetalar yuzaga keladi. Bu metall pullar bo’lagi bo’lib, mis, bronza, 
kumush, oltin monetalar bosilib chiqarilgan. Moneta so’zi yunonlarning monastir 
nomidan kelib chiqib, bunda tangalar yasalgan. Moneta tangalar barcha 
mamlakatlarga tarqalib ketgan. Tanga — monetaning paydo bo’lishi savdoda mayda pul 
zarurligidan kelib chiqadi. Moneta — og’irligi belgilangan, qadri muhrlangan metall 
bo’lagidir. 
Uzoq vaqtgacha, hatto XX asrgacha, oltin pul vazifasini bajarib, xaqiqiy pul 
hisoblangan. Bunda oltinning noyobligi, qadrliligi va boshqa ko’p qulayliklar 
yaratadigan tabiiy xususiyatlarining ta’siri katta. Lekin uning pulga aylanishining 
asosiy sababi tovar ekanligi, zarur qiymatga ega bo’lishidadir. Ko’p vaqtgacha 
oltinning vakili sifatida qog’oz pullar kuchga ega bo’lgan. Kog’oz pullar monetalar 
o’rniga chiqarilgan. qogoz pullar birinchi marta qadamgi 
Х
itoyda 1X asrda 
muomalada qo’llanilgan. So’ngra boshqa mamlakatlarda ham asta-sekin paydo bo’la 
boshlagan va hozir barcha mamlakatlarda qog’oz
pullar asosiy pul bo’lib qoldi. 
Muomalada oltin pullar bo’lgan mamlakatning o’zi qolmadi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


80 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin