Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


 Pul qiymat o’lchovi va jamg’arma vositasi



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

11.3. Pul qiymat o’lchovi va jamg’arma vositasi 
 
Pulning qiymat o’lchovi va jamg’arish vositasi
 
ekanligi.
 
Pul muomalasi, uning 
shu vositaga xos xususiyatlari bilan tanishib chiqdik. Pulning ko’rib chiqishimiz 
zarur bo’lgan keyingi vositasi — 
qiymat o’lchovi 
ekanligidir. Bu pulning eng asosiy 
xususiyati bo’lib, tovarlar dunyosi va ularning harakatini ta’minlashda katta o’rin 
egallaydi. Pulning qiymat o’lchovi xususiyati, ya’ni sotuvchi va xaridor uchun 
tovarlar qadrini belgilovchi yagona o’lchov birligi vazifasini bajara olishi uning 
boshqa xususiyatlariga, vositalariga yo’l ochadi. Chunki, u 
qiymat o’lchovi 
bo’lganligi tufayli muomala vositasi bo’la oladi. 
Pul paydo bo’lishi bilan 
tovarlarning bir-biriga taqqoslanishining imkoni tug’iladi. Bunda insonning yana bir 
ulug’ kashfiyoti bo’lgan tovarlarni bir-biriga ularning nisbiy qadrlari tufayli 
tenglashtirish va puldan yagona o’lchov sifatida foydalanish uchun keng yo’l ochib 
beriladi. 
Tovarlarning nisbiy qadrliligi ayirboshlash tengligi bilan aniqlanib, bu 
tenglikni sotuvchi o’zi uchun foydali deb hisoblasa, xaridor ham o’zi uchun sotib 
olish foydali deb hal qiladi. Shundagina oldi-sotdi yuz beradi. Ayirboshlash 
kengayib borishi bilan tovarlarni bir-biriga bevosita taqqoslab tenglashtirish vazifasi 
pulga yuklanib, u yagona o’lchov vositasi bo’lib qoladi. Bu ayirbopshashni tubdan 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


83 
o’zgartirib, uning rivojlanishini tezlashtiradi, natijada insonning iqtisodiy istiqboliga 
katta yo’l ochib beradi. Lekin iqtisodiyotda va uning pul xo’jaligida ishlar 
yomonlashib borsa, muomala qisqarib, pul qadrsizlanib, o’rniga eskicha bevosita 
tovarlar almashuvi — barterning kuchayishi yuz beradi. Amaliy hayotimizda bunday 
misollar ko’p uchraydi, ya’ni pulni o’lchov birligi vazifasidan asta-sekin 
chetlashtirib, uning o’rnini eng zarur, talabi yuqori tovarlar egallagan. 
Qiymat o’lchovidan kelib chiqadigan pulning keyingi xususiyati jamg’arish 
vositasi
 
ekanligidir. Pul paydo bo’lishi, o’z faoliyati va ta’sirini kengaytira borishi 
tufayli daromadni saqlash, uning bir qismini zarur vaqtgacha jamg’arib borish 
imkoni tug’iladi. Shu bilan boylikning bir qismini pul sifatida jamg’arish sharoiti 
yaratiladi. 
Masalan, biron-bir qadrli buyum, ko’proq sarmoya talab etadigan narsa sotib 
olish maqsadi paydo bo’lsa, albatta pulning bu xususiyati, vositachiligi qo’l keladi. 
Daromadning bir qismi sarf etilmay saqlanib boriladi va kerakli hajmda pul 
jamg’arilishi bilan katta xarid qilish imkoni tug’iladi. Uy, mashina yoki boshqa 
shunday katta qimmatli tovarlar sotib olish shular jumlasidandir. Hozir esa, ayniqsa, 
rivojlangan mamlakatlarda bularning hajmi kengayib borib, ko’pchilik ro’zg’or 
buyumlar, ya’ni mebel, gilam, xolodilnik, televizor, magnitofon va boshqa shunga 
o’xshash tovarlar qo’shilmoqda. 
Pulning bu sohadagi katta ustuvorligi shuki, uni istagan vaqtda va zarur 
mikdorda ma’qul tovarga aylantirish mumkin. Bu juda qulaydir. qadrli va qimmat 
buyumlar ham jamg’arma sifatida xizmat qila oladi. Ayniqsa, "o’lmas mollar" 
qadrlidir. Lekin bularni pulga aylantirish va ayni zarur tovar sotib olish ma’lum 
vaqtni talab etadi. Pul jamg’armasi esa bu ishning juda oson va tez amalga oshishini 
ta’minlaydi. 
Pulning xususiyatlari tufayli uning bajaradigan vazifalari, muomalasini 
uyushtirish, pullarni ayirboshlash, saqlash, sotish, moliya va kreditni amalga oshirish 
kabi iqtisodiy munosabat, aloqalar yuzaga keladi. Bular keyingi mavzu va 
mulohazalarga yo’l ochib beradi.

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin