Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

12.2. Moliyaning vazifalari 
 
 
Moliyaning o’ziga xos vazifalari mavjud bo’lib, bulardan asosiy to’rt xilini 
ko’rsatish mumkin: taqsimlash, rag’batlantirish, ijtimoiy himoyalash, iqtisodiy 
axborot vazifalari. Moliyaning vazifalari (funktsiyalari) deganimizda uning xo’jalik 
faoliyatida mazmunlashuvini, aniq ifodalanishini tushunamiz. Haqiqatan ham 
qiymatning taqsimlanishi pul fondi va resurslarning ishlatilishi tufayli moliya 
mahsulotlarni taqsimlash, shaxslar va jamoalarni rag’batlantirish, aholining ijtimoiy 
himoyalanishini amalga oshirish, iqtisodiy axborot kabilarda o’z aksini topadi. 
Taqsimlash 
vazifasi milliy mahsulot, milliy daromadning pul fondlari 
shakllanishi asosida taqsimlani-shidan iboratdir. Birlamchi va qayta taqsimlash 
mavjud. Bevosita ishlab chiqarishdagi taqsimlash birlamchidir, bundan keyingi 
taqsimlanish qayta taqsimlashdan iboratdir. Aytaylik, ish xaqi, foyda, ijtimoiy 
sug’urta, amortizatsiya kabi fondlarga bo’linish birlamchi taqsimotga kiradi. 
Soliqlar, turli to’lovlar, maishiy xizmat xaqi kabilar ikkilamchi yoki qayta 
taqsimlashga kiradi. YAlpi milliy mahsulotni 100 foiz deb olsak, shundan 60 foizi 
ishlab chiqarishni tiklash, 20 foizi ish xaqi, 15 foizi foyda, 5 foizi ijtimoiy sug’urta 
fondlari uchun taqsimlanishi mumkin. 
Iqtisodiy rag’batlantirish ham avvalo moliyadan, ham pulni taqsimlashdan 
boshlanadi. Soliq tizimidagi imtiyozlar, to’lovlarda va subsidiyalarda ragbat-lantirish 
o’z aksini topadi. Boj xaqini kamaytirish, mukofot fondlari tashkil etish va ulardan 
foydalanish iqtisodiy faollikka undaydi. Bularning biri eksport yoki importni 
rag’batlantirsa, ikkinchisi bevosita ishlovchi jamoalarni rag’batlantirladi. 
Ijtimoiy himoyalash ham 
moliyadan boshlanadi va u orqali amalga oshiriladi. 
Chunki, u avvalo pul orqali, pul fondlari vositasida bajariladi va u pul tufayli amalga 
oshiriladi. Ma’lumki, aholi qatlamida muhtoj qismlari ko’p, ya’ni etim bolalar, 
qariyalar, nogironlar, kamdaromadli oilalar shular jumlasidan bo’lib, ular o’z tirikchi-
ligini yuritishni minimal darajada ta’minlashda ham doimo muhtoj bo’ladilar. 
Ijtimoiy himoyalash esa shularni moliyaviy ta’minlash, boshqacha aytganda, 
moliyaviy kafolatlashni talab etadi. Bu asosan davlat yordamida amalga oshadi. 
Davlat maxsus fondlar tashkil etib, bunday himoyalashni amalga oshirib boradi. 
Bunga yordamchi sifatida korxona, tashkilot, jamoalar ham shunday fondlar tashkil 
etadi va aholini ijtimoiy himoyalashda faol ishtirok etadi. Ishsizlik nafaqalari, bolalar 
uchun nafaqa, nogironlar pensiyasi kabilar bundagi asosiy fondlar hisobiga kiradi. 
Bundan tashqari ijtimoiy iste’mol orqali amalga oshadigan fondlar ham mavjud 
bo’lib, bularga bepul tibbiy xizmat, maorif, atrof muhitni sog’lomlashtirish kabilarni 
kiritish mumkin. Bulardagi umumiylik ommaviy ijtimoiy kafolatlilikdadir. Inflyatsiya 
vaqtidagi kompensatsiyalar yoki zararlarni qisman qoplashga jalb etilgan fondlar 
ham shular jumlasiga kiradi. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin