Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
Internet veb-saytlari 
 
1.
http:\\www.cer.uz
 –
O’zbekiston Respublikasining “Iqtisodiy tadqiqotlar markazi” 
ning “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnalining elektron manzili. Turli xil 
iqtisodiy mavzularga oid materiallarni olishga imkon beradi. 
2.
http:\\www.economyfaculty.uz – “Mikro-makroiqtisodiyot” kafedrasi sayti 
mavjud bo’lgan veb-sayt
3.
http:\\economics.com.ua –bozor iqtisodiyotiga taalluqli bo’lgan ma’lumotlar veb-
sayti 
4.
http:\\www.bearingpoint.uz – “O’zbekiston iqtisodiyoti” qo’llanmasiningg veb-
sayti 
5.
http:\\goldenpages.uz – iqtisodiyotning eng so’nggi yangiliklari 
6.
http:\\rea.ru – Rossiya iqtisodiyot akademiyasining veb-sayti 
7.
http:\\5ballov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna 
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa. 
8.
http:\\bankreferatov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna 
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa. 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


85 
XII-MAVZU. MOLIYA VA BANK TIZIMI 
 
12.1. Moliya va uning asoslari 
12.2. Moliyaning vazifalari 
12.3. Moliya tizimi 
 
12.1. Moliya va uning asoslari 
 
Moliyaning mohiyati.
 
Bozor iqtisodiyotidagi har qanday faoliyat pul talab 
qiladi, moliyani yuzaga keltiradi. Umuman moliya xalq xo’jaligidagi pul resurslari 
bilan bog’langan bo’lib, bunday resurslarni hosil qilish, taqsimlash va ishlatish 
jarayonlarining shakllanishi tushunchasidan iboratdir. Ma’lumki, ishlab chiqarish 
iste’moldan oldin taqsimotni talab etadi. Avvalo qiymat shaklidagi taqsimot amalga 
oshib, mahsulot ana shu qiymatlar hissasiga qarab taqsimlanadi. 
Qiymat taqsimoti turli pul resurslarini, fondlarini yuzaga keltiradi. Bular 
tovarlarga almashinilib, iste’molni shakllantiradi. Umumjamiyat iste’moli davlat 
tomonidan ta’minlanadi. Buning uchun avvalo resurslar, bir necha xil pul fondlari 
yuzaga keltiriladi. Aholi ijtimoiy himoyasi, atrof muhitni saqlash, mudofaa, davlat 
boshqaruvi, nomoddiy sohalarni ta’minlash kabilar shular jumlasidandir. Buning 
uchun avvalo qiymatlar taqsimoti tufayli zarur pul resurslari tashkil etilib, maxsus 
pul fondlar yuzaga keladi. Shu pul resurs va fondlarning ishlatilishi tufayli eslatib 
o’tilgan tarmoq va sohalarning ehtiyoji qondiriladi. Bular davlat tomonidan amalga 
oshirilib, davlat moliyasining shakllanishi va davlatning moliyaviy faoliyatidan kelib 
chiqadi. 
Demak, pul shaklidagi moliyaviy fondlar hosil bo’lib, ular moliyaviy resursni 
tashkil etadi. Moliya mahsulot qiymatining taqsimlanishidir. qiymat taqsimoti 
mahsulotni ishlatishdan oldingi jarayon bo’lib, u iste’molga atalgandir. 
Davlat va nodavlat moliyasi mavjud bo’lib, birinchisi asosan umumjamiyat 
mohiyatini kasb etsa, ikkinchisi tadbirkorlar, oila, jamoa moliyasidan iboratdir. Mo-
liyaviy munosabatlar va aloqalarning sub’ektlari bo’lib, bularga moliyaviy 
resurslarni tashkil etish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchi korxona, davlat, 
tashkilot, muassasa, fuqaro kabilar kiradi. Har bir sub’ekt o’ziga qaratilgan 
mahsulotlarga teng bo’lgan pul fondlarini tashkil etadi. Bu fondlar turlicha bo’lib, 
har biri ma’lum maqsadni ko’zlaydi. Masalan, davlat moliyasi davlatni boshqarish, 
mudofaani ta’minlash, aholini ijtimoiy himoyalash, zahiralar tashkil etish kabilarga 
sarf etiladi. 
Moliya munosabatlarining ob’ekti deganda pul zahiralarini tushunamiz. Albatta 
bular ma’lum miqdordagi mahsulotlarni o’zida ifoda etishi zarur. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


86 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin