Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

14.3.
 
Tadbirkorlik va mulk shakllari 
 
Bozor iqtisodiyotining turli mulk shakllariga asoslanishini tadbirkorlikda 
yaqqol ko’rish mumkin. -Insonga naf keltiruvchi har qandan ne’matlar albatta 
kimningdir mulki. Faqat hech kimga kerak bo’lmagan narsaning egasi yo’q. Bozor 
iqtisodiyoti kerakli narsani yaratib, uni bozor
 
orqali iste’mol etishga asoslanar ekan, 
u albatta mulkchilikni talab qiladi. 
Mulk moddiy va maishiy boyliklarni qonuniy ravishda va belgilangan tartibda 
kishilar tomonidai o’zlashtirish shaklidir. 
4
O’zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunidan.
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


103 
O’zlashtirish tartibini mulkiy huquq belgilaydi, u kimning mulkdor bo’lishi, 
mulkdan, foydalanish qoidalari, mulkni davlat tomonidan kafolatlash kabilarni 
belgilab qo’yadi. O’zbekistondagi mulk Respublika Konstitutsiyasi va mulkchilik 
to’g’risidagi qonunga binoan boshqariladi. 
Tadbirkorlar mulkiy munosabatning sub’ekti, ya’ni ishtirokchisi bo’ladilar. 
Ular mulk qilib o’zlashtiradigan narsalar er, bino, inshoat, asbob-uskunalar, mashina-
mexanizmlar, yaratilgan tovarlar, ilmiy g’oyalar, loyihalar, tovar belgilari va 
boshqalardan iborat. Bular mulkiy munosabatlarning ob’ektidir. Mulkning uch 
bosqichi bor: a) egalik qilish; b) foydalanish (ishlatish); v) tasarruf etish. Ularning 
yaxlitligi mulkchilikni yaratadi. Tadbirkorlarning mulkiy maqomi ikki yoqlama 
bo’lib, birinchidan, ular o’z mulkiga tayanib nsh yuritadilar, ya’ni moddiy resurslar va 
yaratilgan tovarlar ularning o’ziniki. Ikkinchidan, ular o’zgalar mulkini ijaraga olib 
ham faoliyat yuritadilar, bunda mulkka vaqtinchalik egalik qiladilar va mulkdan 
foydalanadilar, ammo uni tasarruf etib xujayinlik qila olmaydilar. Baribir, har ikki 
holda ham yaratplgan tovarlarning egasi tadbirkor bo’lib qolaveradi. Tadbirkor o’z 
mulkidan naf ko’rishi shart, shundagina uning iqtisodiy manfaati yuzaga chiqadi. 
Tadbirkor o’z mulkini ishlatib foyda topadi, o’z mulkini qimmatiga sotib, daromad 
ko’radi, o’z mulkiga tayanib mehnat qiladi va shu yul bilan pul topadi va, nihoyat, u 
o’z mulkini merosga qoldiradi yoki xayr-ehson yo’lida hadya qiladi. Mulkni qanday 
ishlatishni tadbirkor o’zi hal qiladi, ya’ni buning eng maqbul yo’lini o’zi tanlab 
oladi. Tadbirkor o’z mulkidan naf ko’rgani uchun mulkiy mas’uliyatni, ya’ni mulkni 
oqilona ishlatish javobgarligini znmmasiga oladi. 
Tadbirkorlik turli mulk shakllari doirasida yuz beradi va qonunga qarab uning 
turlari yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyotida hususiy mulk etakchi mavqeda turadi. 
Х
ususiy mulk ayrim kishilarga tegishln va ularga naf keltiruvchi mulkdir. 
Х
ususiy mulkka qarab xususiy tadbirkorlik mavjud bo’ladi. 
Х
ususiy mulkiing 
o’zi ikki ko’rinishga ega: 
1.
YAkka xususiy mulk—bu yakka shaxsnnng mulki, shu mulkka: 
asoslangan korxona yakka shaxsga tegishli korxona hisoblanadi. Ayrim mulkdorga 
qarashli, lekin ishchilarni yollab ishlatadigan yoki mulkdorning shaxsan o’zi 
va oila a’zolari ishlaydigan korxonalar ham bo’ladi. 
2.
Guruhiy - korporativ xususiy mulk — bu ma’lum maqsadni ko’zlab o’zaro 
birlashgan mulk sohiblarining xususiy mulki. Bu mulkni har bir sohib 
alohida emas, balki birgalikda o’zlashtiradi. Uning namunasi korporatsiyalar 
bo’lib, ular amalda hissadorlar jamiyati shaklida faoliyat ko’rsatadi. 
Tadbirkorlik ishi korporatsiya doirasida amalga oshadi. 
Tadbirkorlik jamoa mulkiga ham asoslanadi. Bu mulk jamoaga birlashgan 
kishilarning umumiy mulki hisoblanadi. Jamoaga kiruvchilar uning mulkiga o’z 
hissasini qo’shishi shart. Bu erda ham hissadorlik qoidasi bor ammo aktsiyadorlikdan 
farqi shuki, mulk sohibi jamoa tarkibida ishlashi shart. Bunga misol qilib 
kooperativlarni mahalla va jamoa xo’jaliklarini olish mumkin. 
Davlat mulki davlatning vazifalarini bajarishga xizmat qiluvchi
mulk, davlat 
korxonalarining va tashkilotlarinnng mol-mulkidan iborat. Davlat unitar korxonalari 
ham tadbirkorlik bilan shug’ullanib, foyda ko’radilar. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


104 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin