15.3. Me’yoriy xarajatlar
Firma o’z faoliyatini yuritish uchun tashqaridan resurslar sotib oladi va pullik
xizmatlardan foydalanadi. Shuningdek, firma ilgari sotib olingan resurslarni–
binolar, mashina. stanok, asbob-uskunalarni ham ishlatadi, ularga ham ilgari
xarajatlar qilingan. Bundan tashqari firma ijara xaqi, banklardan olgan qarzi uchun
foiz to’lab turadi. Shu boisdan xarajatlar tashqi va ichki xarajatlarga bo’linadi.
Tashqi xarajkatlarga ish kuchi. xomashyo, yoqilg’i, energiya sotib olish, transport,
aloqa va boshqa xizmatlar uchun, shuningdek, soliqlar uchun to’langan pul kiradi.
Binolar, asbob-uskunalar, ijara xaqi va boshqa sarflarning hammasi ichki xarajatlar
hisoblanadi.
Х
arajatlarga, bulardan tashqari, tadbirkorlik me’yordan foydasi ham
kiradi. Shunday qilib xarajatlar o’zining kelib chiqish manbalariga qarab har xil
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
111
sarflardan iborat bo’ladi.
Х
arajatlarning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarishning omillari bilan bog’liq.
Ishlab chnqarishda esa doimiy va o’zgarib turadigan ikki omil ishtirok etadi.
Doimiy omilga bino, inshoatlar, mashina va uskutsalar kiradi. Ishlab chiqarishdagi
o’zgaruvchan omillarga qisqa vaqtda va tezdan o’zgartirlish mumkin bo’lgan ish
kuchi, xomashyo, yoqilg’i, elektr energiya, har xil materiallar, mayda-chuyda asboblar
kiradi, ularni tezda ko’paytirib va ozaytirib turish, ayni paytda ishlab chiqarish hajmini
ham o’zgartirish mumkin. Omillarning har xil bo’lishi doimiy va o’zgaruvchan
xarajatlarni paydo etadi.
Miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o’zgarmaydigan xarajatlar doimiy
xarajatlar deyiladi.
Shunday xarajatlar ham borki, ularning miqdori firmaniig faoliyatiga bog’liq
bo’lmaydi, hatto firma ishlamagan taqdirda ham ularni qoplash lozim. Bularga renta
to’lovlari (ko’chmas mulk uchun ijara puli), qarz foizi, reklama xaqi, garov puli,
amortizatsiya ajratmasi, ijara xaqi, sug’urta puli, oldindan to’lanishi ko’zda tutilgan
maoshlar kiradi. Masalan, firma banklar yiliga 10 foiz to’lash sharti bilan 100 million
so’m olgan, demak u pul olganidan keyin uni ishlatadimi yoki yo’qmi, baribir,
bankka yiliga 10 million so’m to’lashi shart. Yoki binoni 150 ming so’mga ijaraga
olgan bo’lsa, shu pulni, korxonasi yoki ofisi turgan er uchun er egasiga ham 100
ming so’m er xaqi to’lashi zarur.
Miqdori ishlab chpqarish hajmiga nisbatan to’g’ri mutanosiblikda o’zgarib
turuvchi xarajatlar o’zgaruvchan xarajatlar deyiladi.
Bu xarajatlar ish xaqi, xomashyo, yoqilg’i, har xil materiallar va yuk tashish
xarajatlaridan iborat. Ishlab chiqarish hajmi ortsa, o’zgaruvchan xarajatlar ko’payadi,
qisqarsa, kamayadi Masalan, to’qimachilik fabrikasi 10 million so’mlik gazlama
to’qib chiqarish uchun 7 million so’m sarf qildi. Shundan 3 million so’m paxta tolasi,
1 million so’m buyoq, 1 million so’m elektr energiyasi sarfidir, Qolgan 2 million
so’m mashina-uskunalar amortizatsiyasi, ijara xaqi va soliqlardan iborat. Aytaylik,
fabrika gazlama to’qib chiqarishni 20 foiz oshirib, mahsulot hajmini 12 million
so’mga etkazdi. Buning uchun qo’shimcha ravishda paxta uchun 600 ming so’m,
bo’yoq uchun 200 ming so’m, elektr energiya uchun 200 ming so’m sarflandi. Ammo
bu ish uchun ijara xaqi, mashina-uskunalar sarfini oshirish talab qilinmaydi.
Doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarning yig’indisi umumiy xarajatlar
deyiladi.
Umumiy xarajatlardagi siljishlarni eng avval o’zgaruvchi xarajatlar yuzaga
chiqaradi.
Iqtisodiyotda xarajatlarning umumiy mikdori emas, ularning samarasi muhim.
Agar xarajatlarga nisbatan yaratilgan mahsulotlar tezroq o’ssa, ish samarali bo’ladi.
Shu boisdan o’rtacha xarajatlarning ahamiyati katga.
O’rtacha xarajat mahsulot birligiga sarflangan xarajatdir.
Meyoriy xarajatlar. Me’yoriy xarajat deganda qo’shimcha ravishda mahsulot
birligini ishlab chiqarish uchun ketgan qo’shimcha xarajat tushuniladi.
Umumiy xarajatlardagi qisqa muddatli siljishlar faqat o’zgaruvchi xarajatlar
hisobiga yuz beradi. Ularni oshirish yoki qisqartirish hieobidan ishlab-chnqarish
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
112
hajmi o’zgaradi.
Masalan, bosmaxona kitobni ko’proq bosib chiqarishi uchun qog’oz, bo’yoq,
karton, elim, ip va elektr energiyasi sarfini ko’paytirishi kerak. Bunda mashinalarni
ko’paytirmasdan, ularning ishlash soati oshiriladi. Sarflarni qisqa vaqtda o’zgartirish
uchun resurslarni sotib olib, korxonaga keltirishning o’zi kifoya, bu esa uzoq vaqt
talab etmaydi. Lekin bu yo’l bilan mahsulot hajmini oshirishning cheki bor. Firmalar
tovariga talab oshgan kezlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun uzoq muddat
talab etadigan ham doimiy, xam o’zgaruvchan xarajatlarni ko’paytirish zarur. YAna
bosmaxona misoliga qaytsak, kitobning bozori chaqqon bo’lib, uni sotishga ko’proq
tashlash uchun o’zgaruvchi xarajatlarni oshirish kifoya qilmaydi. Buning uchun
yangi tsexlar va omborlar qurish, yangi harf teradigan, bosadigan va muqovalaydigan
mashinalarni o’rnatish kerak bo’ladi.
Albatta, uzoq muddatli o’zgarishlar vaqti bir xil emas. Masalan, yangi konni
ochib, uni texiika bilan jihozlashga ko’p vaqt, bosmaxona uchun yangi tsex qurib,
uni jihozlashga oz vaqt talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |