Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

16.2. Investitsiya faoliyati 
 
Tadbirkorlik ishining rivoji investitsiya talab qiladi. Investitsiya bironta ishga 
mablag’ qo’shishni, sarflashni bildiradi. Investitsiya qilishdan maqsad foyda ko’rish. 
Investitsiya keng ma’noda pul chiqadigan har qanday ishga mablag’ qo’yish, tor 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


117 
ma’noda ishlab chiqarishning moddiy bazasini rivojlantirish, masalan, mashina-
uskunalarni sotib olish, o’rnatish, yangi texnikani joriy etish, yangi bino-
inshoatlarni qurish uchun mablag’ sarflashdir. Bu bizning mamlakatda kapital 
mablag’lar, kapital sarflar deb yuritiladi. 
Investitsiya sifatida pul, qimmatbaho qog’ozlar (aktsiya, obligatsiya, sertifikat, 
veksel), er, bino, inshoat kabi boyliklar, intellektual mulk bo’lgan ilmiy kashfiyotlar, 
texnikaviy yangiliklar, ixtirolar ishlatiladi. Muhimi, hamma mablag’lar pulga chaqilgan 
holda investitsiyalanadi. Investitsiya ikki turga bo’linadi. Birinchisi—to’g’ridan-
to’g’ri investitsiyalash, ya’ni uni korxona ishiga kapital sifatida qo’yish. Ikkinchisi 
— mablag’ni korxonalar aktsiyalarini sotib olishga sarflash bo’lib, portfel 
investitsiyalar deb ataladi. 
Investitsiyalash muqobil tanlov qoidasiga asoslanadi, ya’ni investitsiyalashningg 
eng foydalisi tanlab olinadi. Tadbirkorlik ishida xatarni kamaytirish uchun investitsiya 
bir vaqtning o’zida bir necha ishga qo’yiladi, bu bilan bir erda ko’riladigan zararnn 
boshqa erda ko’rilgan foyda bilan qoplash mumkin. Bunday mablag’ qo’yish 
diversifikatsiyalashgan investitsiya deb yuritiladi. Odatda buning uchun turli korxonalar 
aktsiyasi sotib olinadi. Masalan, 100 ming so’m pulga avtopark, to’qimachilik 
fabrikasi, turistik firma, non zavodi, tikuvchilik firmasi, sug’urta kompaniyasi va bank 
aktsiyalari sotib olinishi mumkin. 
Mablag’ni investitsiyalashda uning tezda qaytim berishi, o’zini» tez oqlanishi 
hisobga olinadi, investitsiyalangan - mablag’ keltirgan foydasi bilan taqqoslanadi
ya’ni foyda normasi (rsntabellik) hisoblab chiqiladi. Masalan, 10 million so’m pul 
investitsiyalanishdan oldin turli muqobil
 
usullar o’zaro solishtiriladi, aytaylik, bu yo’l 
har yili tikuvchilik ishida 2 million so’m foyda bersa, o’zini 5 yilda, agar 
mashinasozlik zavodida yiliga 1 million so’m foyda bersa, 10 yilda oqlaydi. Bunda 
albatta birinchi usul tanlanadi. Chunki, u kapital sarfini 2 marta tez oqlaydi. 
Investitsiya samaradorligini oshirish uchun quyidagilar talab qilinadi: 
birinchidan, investitsiya keltiradigan foyda bank beradigan foizdan yuqori bo’lishi 
kerak. Agar shunday bo’lmasa ovora bo’lib, pulni investitsiyalagandan ko’ra, uni 
bankka qo’yib, bemalol foiz olib yotish qulay. Masalan, bank foizi yiliga 8 foiz 
bo’lsa, investitsiyadan keladigan foyda bundan ortiqcha - 9, 10 yoki 11 foiz bo’lishi 
kerak; ikkinchidan, investitsiyadan keladigan foyda inflyatsiya darajasidan yuqori 
bo’lishi talab qilinadi. Agar yillik inflyatsiya 5 foiz bo’lsayu, investitsiya beradigan 
foyda normasi 2 foiz bo’lsa, zarar ko’riladi, Shuning uchun foydaning o’sishi hech 
bo’lmasa inflyatsiya shiddatidan yuqori bo’lishi kerak. Aytilgan 5 foiz inflyatsiya 
sharoitida foyda 15 foiz bo’lsa, inflyatsiyadan keladigan 5 foiz zarar qoplanib, 10 foiz 
foyda olingan bo’ladi; uchinchidan, nnvestitsiya eng yuqori foyda normasini 
ta’minlaydigan sohalarga qo’yilishi lozim. Masalan, investitsiyaning uch sohasi 
bo’lib, ulardan birinchisi 12 foiz, ikkinchisi 13 foiz, uchinchisi 15 foiz foyda 
beradigan bo’lsa, albatta, uchinchi yo’l tanlanadi. Investitsiya yo’li tanlanganda foyda 
normasining pasayishiga moyil bo’lishi nazarda tutiladi. 
Foyda miqdorini kamaytirmaslik uchun foyda normasi pasaygan chog’da 
olingan foydani qaytadan pul topish uchun qo’yish kerakki, bu reinvestitsiya 
deyiladi. Reinvestitsiya qo’yilgan kapital summasini oshirish orqali foyda 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


118 
mmiqdorini kamaytirishga yo’l qo’ymaydi. Masalan, 100 mln. so’m investitsiya 
xozir 10 mln. so’m foyda beradi, demak, foyda normasi 10 foiz, 3 yildan so’ng 
foyda normasi 8 foizga tushib qolsa, 100 mln. so’mdan 8 mln. foyda ko’rilib, foyda 
miqdori 2 mln. so’mga qisqargan bo’ladi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun 3 yilda har 
yili 10 milliondan jami 30 mln. so’mga teng foyda reinvestitsiya qilinib, kapital 130 
mln. so’mga etkaziladi. Foyda normasi 8 foiz tushgan taqdirda ham 10,4 mln. so’m 
foyda ko’riladi. 
Binobarin, olingan foyda miqdori o’sadi, chunki 10,4>10,0 bo’ladi. 
Investitsiya ishining ham o’z xatari bor. Uning oldini olish uchun iivestitsiyalar 
sug’urtalanadi. Masalan, O’zbekistonga keladigan xorijiy investitsiyalarni xatardan 
sug’urtalash ishini «O’zbekinvest» sug’urta kompaniyasi olib boradi, uning dastlabki 
kapitali 10 million dollar hisobida belgilangan. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin