Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
Qisqacha xulosalar
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan maxsus iqtisodiy faoliyat bo’lib, 
biznes nomini olgan. 
Bozor iqtisodiyotida biznes va tadbirkorlik mamlakatlari bozor talabini 
beligilaydi.
Tadbirkorlar mulkiy munosabatning sub’ekti, ya’ni ishtirokchisi bo’ladilar.
 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1.
Tadbirkorlik va biznes o’rtasida farq bormi? 
2.
Tadbirkorlik qanday tamoyillarga asoslanadi? 
3.Mulkchilik nima va uning turlari? 
Asosiy adabiyotlar
 
1.
I. A. Karimov «Iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloxatlarni 
chuqurlashtirish eng muhim vazifa «
Х
alq so’zi» 24 yanvar 2000yil. 
2.
Maxmudov E.
Х
. Biznes-planirovanie: Uchebnoe posobie G’E.
Х

Maxmudov, M.Yu. Isakov. - T.: TDIU, 2004.-160 c. 5 ekz. 
3.
Бизнес
-
планирование

Учебник

Под
ред

В
.
М
.
Попова

С
.
И

Ляпунова


М
.:
Финансы
и
статистика
, 2003.-672c. 1 
экз

4.
Maxmudov E.
Х
. Korxona iqtisodiyoti: O’quv qo’llanma. - T.: TDIU, 
2004.-208 c. 1 ekz. 
5.
Bozor 
iqtisodiyoti 
va 
biznes 
asoslari: 
O’quv 
qo’llanma 
/A.E.Ishmuxamedov va boshk.-T.: TDIU, 2004.-160 c. 1 ekz. 
6.
Круглова
Н
.
Ю
.
Основы
бизнеса

учебник
для
вузов
Издательство

РДЛ
, 2005. 
7.
Кузнецов
А

Основы
рыночной
экономики

Терминологический
словарь

Издательство

Владос
, 2004. 
8.
Куторжевский
Г
.
А

Экономика

Основы
теории

Учебное
пособие

Издательство

Экономика
, 2004.. 
 
Internet veb-saytlari 
 
1.
http:\\www.cer.uz
 –
O’zbekiston Respublikasining “Iqtisodiy tadqiqotlar markazi” 
ning “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnalining elektron manzili. Turli xil 
iqtisodiy mavzularga oid materiallarni olishga imkon beradi. 
2.
http:\\www.economyfaculty.uz – “Mikro-makroiqtisodiyot” kafedrasi sayti 
mavjud bo’lgan veb-sayt
3.
http:\\economics.com.ua –bozor iqtisodiyotiga taalluqli bo’lgan ma’lumotlar veb-
sayti 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


105 
4.
http:\\www.bearingpoint.uz – “O’zbekiston iqtisodiyoti” qo’llanmasiningg veb-
sayti 
5.
http:\\goldenpages.uz – iqtisodiyotning eng so’nggi yangiliklari 
6.
http:\\rea.ru – Rossiya iqtisodiyot akademiyasining veb-sayti 
7.
http:\\5ballov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna 
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa. 
8.
http:\\bankreferatov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna 
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


106 
XV-MAVZU. BIZNES ASOSLARI 
 
15.1. Firmalarning shakllari 
15.2. Biznesda sof xarajatlarning turlari 
15.3. Me’yoriy xarajatlar 
 
15.1. Firmalarning shakllari 
 
Tadbirkorlik mavhum narsa bo’lmay, firmalar faoliyatida ifoda etiladi. Firma 
bozor uchun ishlovchi korxona. Korxona qaysi mulkka taalluqli bo’lmasin firma, 
zavod, fabrika nomlari bilan yuritiladi. Dehon xo’jaligi bundan istisno, u fermer 
xo’jaligi deb ataladi. Qishloq xo’jaligida shirkat firmalar ham faoliyat ko’rsatadi. 
Firma muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko’rsatishga 
ixtisoslashadi, bozorga qarab ish yuritadi, iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’ladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida firmalarning mustaqilligi bir qadar 
cheklangan bo’ladi. Firmalar va xo’jaliklar, birinchidan, erkin bozor uchun ishlasalar, 
ikkinchidan, davlat buyurtmasiga binoan ishlaydilar, tovarni davlatga xarid narxiga 
ko’ra sotadilar. Shu jihatdan ular yarim mustaqil bo’ladilar. 
O’zining faoliyat miqyosiga qarab firmalar kichik, o’rta va yirik korxonalarga 
bo’linadi. O’zbekistonda ishlovchilar soni sanoat va qurilishda 50 kishigacha, 
boshqa ishlab-chiqarishda —25 kishigacha, fan va ilmiy xizmat ko’rsatish 
sohasida—10 kishigacha, chakana savdoda — 5 kishigacha bo’lgan korxonalar 
kichik korxonalar hisoblanadi. 
Korxonalar o’z navbatida kichik, o’rta va yirik biznesni tashkil etadi. Kichik va 
o’rta biznes sharoitga tez moslashadi, uning uchun pul topish oson, muhimi unda 
iqtisodiy xatar kamroq bo’ladi. Firmalarning turlari ko’p,ulardan asosiylarnni ko’rib 
chiqamiz. 
Х
ususiy firma ayrim shaxslarga yoki oilalarga qarashli korxona bo’lib, yakka 
xususiy mulk hisoblanadi. Bunday korxonalar asosan kichik biznes doirasida ish 
yuritadilar. 
Х
ususiy firma egasi yakka sohib, uning ustidan hech kim xo’jayinlik qila 
olmaydi, topishgan foydani o’zi oladi, ya’ni uni boshqalar bilan baham ko’rmaydi, 
zararni ham faqat o’zi ko’taradi. Bunday firmada xatar faqat bir kishi — sohib 
zimmasiga tushadi. Agar u o’z mulkini garovga quyib qarz olsa va uni to’lay olmasa 
mulkidan mahrum bo’ladi. Bunday firma soliq, qarz, ish xaqini to’lay olmasa, uning 
egasi uni qo’lga ilinadigan asbob-anjomlarini sotib bo’lsa ham o’z majburiyatidagi 
pulni to’lashga majbur etiladi. 
Х
ususiy firmalar tez yopilib va ochilib turadi. 
Shirkat-firmalari. Tadbirkorlikda javobgarlikni kamaytirish uchun shirkat shaklidagi 
firmalar tuziladi. 
Shirkat bir necha sohiblarning mulkini birlashtirish va talbirkorlikda olingan 
foydani baham ko’rishga asoslangan sherikchilik firmasidir. 
Shirkat, birinchidan, kichik miqdordagi pullarni jamlab katta pul yig’ish va uni 
tadbirkorlikka qo’yish imkonini beradi; ikkinchidan, tadbirkorlik javobgarligini 
ko’pchilik zimmasiga yuklab, har bir tadbirkor uchun xatarni kamaytiradi; 
uchinchidan, ko’pchilikka, hatto, puli ozlarning ham tadbirkorlik bilan 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


107 
shug’ullanishga imkon beradi, ya’ni u kapitalni demokratiyalashtiradi. Shu 
afzalliklar tufayli shirkatlar hozir keng tarqalgan. Shirkat firmalar ikki xil bo’ladi: 
a) Mas’uliyati cheklanmagan firma. Uning mulki sherikchilik asosida yuzaga 
keladi. 
Sheriklarning 
dastlabki 
mulki 
firmaning 
ustav 
kapitali 
deyiladi. Bu mulkka har bir sherik o’z hissasini qo’shadi. Ammo hissadorlar to’la
huquqli va huquqi cheklangan sheriklarga bo’linadi. To’la huquqli sheriklar 
firmaning 
ham 
javobgarligini, 
foydasiyu 
zararini 
ham 
baham 
ko’radilar, ular ustav fondiga qancha pul qo’ysa, hissasiga qarab foyda oladilar. 
Agar 
Islomov 
firma 
ustav 
kapitalining 
15 
foizga 
bergan 
bo’lsa, 
u foydaning 15 foizini oladi. Agar Ollayorov 10 foiz qo’ygan bo’lsa, foydaning 
ham 
10 
foizini 
oladi. 
Bordiyu 
firma 
sinsa, 1 sheriklar zararni 
hamji hatlikda ko’taradilar, ya’ni bir sherik boshqasiniig javobgarligini ham 
zimmasiga oladi. Agar 5 kishi sherik bo’lsayu, ulardan 2 tasi firma 
zararini to’lashga qodir bo’lmasa, qolgan 3 sherik ular zimmasidagi zararni ham 
o’zinikiga qo’shib ko’taradi. Bu erda «kemaga tushganlarning joni bir» 
degan qoidaga amal qilinadi. 
b) Mas’uliyati cheklangan firma. Uning kapitali sheriklarning ustav fondiga 
qo’ygan 
pay» 
(hissasi) 
hisobidan 
shakllanadi. 
Shunday 
firmalar 
nomiga «limited» degan so’z qo’shiladi, bu iiglizcha “cheklangan” degan ma’noni 
bildiradn. Masalan, “Ko’ksuv LTD” degan firma bo’lsa, darhol uning 
majburiyati cheklanganliini tushunish kerak. Bunday firma bilan munosabatda 
bo’lganda firmaning faoliyatida ishkallik yuz bersa, undan faqat ustav kapitaliga
teng pulni undirish mumkinligini esdan chiqarmaslik kerak. Uning to’lov 
majburiyatidagi bundan ortiqcha bo’lgan qarzni hech qanday yo’l bilan undirib 
bo’lmaydi. Masuliyati cheklangan firmalarning eng keng tarqalgan shakli
hissadorlik jamiyatlari yoki korporatsiyalardir. Jamiyat jamlagan kapitalga qarab 
maxsus qimmatli qog’oz — aktsiya chiqaradi. Aktsiyani sotib olganlar hissadorlarga 
aylanadilar va foydadan o’z hissasi — dividendni olib turadilar. Yopiq jamiyat 
aktsiyalari faqat ma’lum guruh kishilari, masalan, korxona ishchi-
xizmatchilari o’rtasida, ochiq jamiyag aktsiyalari esa barcha xohlovchilarga sotiladi. 
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida davlat korxonalari 
yopiq aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Islohotlarniig ikkinchi bosqichida 
ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari tuzishga usgivorlik berildi. Masalan, qishloq 
xo’jaligida jamoa xo’jaliklari yopiq jamiyatlar — paychilar xo’jaligi shakliga o’tkazila 
boshladi. 1996 yil g’ yanvarga kelib O’zbekistondagi hissadorlik jamiyatlari soni 5500 ga 
etdi (1995 yil 1 yanvarda esa 2255); 
Davlat korxonalari — davlat mulki bo’lgan va uning nazorati ostida ishlovchi 
korxonalar. Bu korxonalar markaziy va mahalliy hokimiyatga qarashli bo’lib, ishlab 
chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, eng muhim va mas’uliyatli vazifalarni 
bajaradi (mudofaa, aloqa, eiergetika, transport va boshqalar).1996 yil boshida 
O’zbekistonda 16000 ta davlat korxonasi bor edi. 
Aralash firmalar xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag’lariga 
tayanadi. Qo’shma firmalar (korxonalar) ham shunday firmalar qatoriga kiradi. 
Aralash firmalarning milliy va xorijiy kapitalga tayangan korxonalari kengroq 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


108 
tarqalgan. Ularning kapitali hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi 
shunga qarab taqsimlanadi. 2001 yil boshida O’zbekistonda xorij kapitali ishtirokida 
tuzilgan 3301 ta qo’shma korxona bor edi. Bundan tashqari 1958 ta aralash mulkka 
asoslangan milliy korxonalar ham faoliyat ko’rsatdi. 
Konsortsium korxonalarining maxsus tashknl etilgan birlashmasi. Uning 
ishtirokchilari o’z mustaqilligini saqlab qolgan holda muayyan maqsad yo’lida 
birlashadilar. Odatda konsortsium moliyaviy ishlar yuzasidan tuzilib, unga davlat, 
banklar, moliya investitsiya kompaniyalari, yirik firmalar, har xil pul fondi 
tashkilotlari uyushadi, U katta mablag’ talab qiladigan ishlarni bajaradi.
Konsortsium odatda xolding kompaniya shaklida tuziladi. 
Х
oldinglar sanoat-moliya 
guruhi hisoblanadn. Ular tarkibida bosh — ona korxona va har xil shuba korxonalar 
ma’lum maqsad yo’lida hamjihatlik bilan ishlaydilar. 
Kontsern korxonalarning ishlab chiqarish, investitsiya, moliya, texnika,
tashqi 
iqtisodiy aloqalar sohasida birgalikda ish yuritishni ko’zlaydigan uyushma. Kontsern 
bir tarmoqlararo (konglomerat) birlashmalar shaklida tashkil etiladi. 
Firmalar shaxobchasi (filiali) yirik firmalarning tarkibiy qismi bo’lib, turli 
joylarda ish yuritadi. Mazkur korxona mustaqil bo’lmay, bosh firmaning bir qismi 
hisoblanadi. 
Mulkiy maqomidan qat’iy nazar firmaning korporativ guruhpy manfati mavjud. 
Firma ishlab chiqaruvchilar jamoasi. Bu jamoa a’zolarini birlashtiruvchi kuch ularning 
umumiy — foyda olishidan iborat Bu manfaat korxona meyorida ishlagandagina 
yuzaga chiqadi. Korxona jamoasi maqomi jihatidan uch toifaga bo’linadigan 
kishilardan tashkil topadi: 1) korxona egalari; 2) menedjyerlar (boshqaruvchilar); 3) 
yollanib ishlovchilar. 
Korxona egalari — bu mulkdorlar, korxonadagi moddiy resurslar, yaratilgan 
tavarlar va pul mablag’lari ularga tegishli. Ammo korxona maqomiga qarab 
mulkdorlar tarkibi turlicha bo’lishi mumkii. Mulkdorlarga korxona egasi - 
tadbirkorlardan tashqari ularning sheriklari bo’lmish menedjyerlar qisman oddiy
ishchi-xizmatchilar ham kiradi. Ular korxona ishida nafaqat kapitali — mablag’i, balki 
mehnati va tadbirkorlnk iste’dodi, boshqarish mahorati bilan ham qatnashadilar. 
Firma mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi sifatida u yoki bu sohaga 
ixtisoslashadi. Masalan, bir firma kiyim tiksa, boshqasi oziq-ovqat ishlab chiqaradi, 
yana boshqasi qurilish yoki yuk tashish bilan shug’ullanadi. 
Ixtisoslashuv tovarlarni sifatli chiqarish va arzonga tushirish shartidir. Shu 
sababli 
unversal, 
ya’ni 
hamma 
ish 
bilan 
shug’ullanuvchi 
firmalar bo’lmaydi, ular bir yoki bir necha tovarlar ishlab chiqarish sohasida 
ixtisoslashadi. Toshkentdagi “Qizil tong” firmasi ayollar paltosi va plashini, 
Chirchiqdagi «Guncha» firmasi bolalar kiyimini, Ko’qondagi Oxunboboev nomli 
firma 
erkaklar 
ko’ylaginn 
tikishga 
ixtisoslashgan. 
Ixtisoslashuvniig ikki afzal tomoni bor: birnnchidan mehnat unumdorligini 
oshiradi, xarajatlarni pasaytirib, foydani oshirish imkonini beradi. Ikkinchidan, sifatli 
tovar chiqarishni, binobarin. tovarning bozorda yaxshi sotilishini ta’minlaydi. Shu 
sababli chuqur ixtisoslashuv yuz beradi, firmalar faqat ayrim tovarlarnigina emas, 
balki mayda-chuyda butlovchi qismlarni ham ishlab chiqaradilar. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


109 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin