22
2.3. Bozorning turlari
Bozorga g’oyat xilma-xil tovar va xizmatlar chiqariladi, ular bozor ob’ektini,
aniqrog’i u erdagi oldi-sotdi ob’ektini tashkil etadi. O’z ob’ekti jihatidan bozorni
quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
1.
Iste’mol tovarlari bozori, ya’ni iste’molchilar bozori
kishilarning, tirikchiligi uchun zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar
bozoridir. Bu bozorda keng iste’mol buyumlari, madaniy,
maishiy va kommunal
xizmatlari oldi-sotdisi olib boriladi. Bu bozorda deyarli barcha fuqaro ishtirok
etadi. Bu bozorning O’zbekistonda aniq ko’rinishlari bor: magazinlar,
savdo uylari, firmalar, supermarket, do’kon (shop), oshxona, nonvoyxona, har xil
ustaxonalar, sartaroshxonalar, salonlar, nihoyat, dehqon bozorlari va buyum
bozorlari.
2.
Ishlab chiqarish vositalari va resurslar bozori — ishlab chiqarish uchun
zarur bo’lgan narsalar bozori. Bu bozorda ulgurji savdo-sotiq yuz beradi.
Mazkur bozor savdo firmalari, savdo uylari, birjalar faoliyatida, er va boshqa
ko’chmas mulk savdosida namoyon bo’ladi. Bunday bozorda resursga talabgorlar
resurs etkazuvchilar bilan koitrakt-shartnomalar asosida aloqa qiladilar. Resurs
bozorining bosh bo’g’ini tovar birjasi hisoblanadi.
Tovar birjasi ulgurji savdo bilan shugullanuvchi tijorat korxonasidir.
Birjadagi savdo-sotiq opsratsiyalari quyidagi belgilarga ega: a) birjada
tovarlarni etkazib berish haqida bitim tuzishib, ularning pulini to’lash birjadan
tashqarida
yuz beradi; b) birjada sotiladigan tovarlarning o’zi emas, ularning
namunasi va naqdligini tasdiqlovchi xujjat qo’yiladi; v) birjada hali yo’q tovarlarni
sotish haqida ham bitim tuzidadi, bu qishloq xo’jaligi mahsulotlariga taalluqlidir.
Bo’lg’usi hosil yuzasidan savdo bitimi ilgariroq tuzilib, tovarni etkazib bsrish hosil
yig’ilganidan keyii yuz beradi; g) birja uyushgan bozor bo’lib, bu erdagi savdo-sotiq
operatsiyalari belgilangan tartibda o’tkaziladi. Universal birjalar har xil mollar bilan
savdo qilsa, ixtisoslashgan birjalar ayrim tovarlarni (don, paxta, metall va hokazo)
sotadi.
3.
Ish kuchi yoki mehnat bozori — ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Ish
kuchi maxsus tovar bo’lganidan uning bozori o’z xususiyatiga ega. Ish kuchi
insonning ishlash qobiliyati. Agar oddiy tovar sotilganda uning egasi o’zgarsa, ish
kuchi necha marta sotilmasin, o’z egasi bilan birga qoladi. Chunki,b uni inson
jismidan ajratib bo’lmaydi.
Mehnat bozori mehnat birjalari, ishchi yollovchi vositachi firmalardan va
nihoyat, kishilarni bevosita ishga jalb etuvchi korxonalarning o’zidan iborat. Sharqqa
xos bo’lgan tartibsnz mehnat bozori - bu mardikor bozoridir.
4
.Moliya
bozori
ham bozorning maxsus turi. Moliya bozori deganda moliya resursiga (vositasiga)
aylangan pul mablag’lari va ularga tenglashtirilgan qimmatbaho (qiymatli)
qog’ozlar bozorini tushunish kerak. Moliya bozori tarkiban kredit (qarz puli) bozori,
qimmatbaho qog’ozlar bozori va valyuta bozoridan iborat (bu masala keyingi boblarda
batafsil yoritiladi).
Valyuta auktsioni, kredit pullari auktsioni, banklar, moliya
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
23
kompaniyalari, fond birjalari (qimmatli qog’ozlar birjasi) va boshqalarning faoliyati
bu bozorning yaqqol ko’rinishidir.
5.
Intelektual tovarlar bozori — aqliy mehnat mahsuli bo’lgan tovarlar va
xizmatlar bozori. Bu bozorda ilmiy ishlanmalar, g’oyalar, texnikaviy loyihalar va
chizmalar, axborot, san’at, adabiyot va ilmga tegishli asarlar,
ijrochilik xizmati va
turli tomosha xizmatlari sotiladi. Bu bozorning muhim unsuri litsenziya bozori va
hozirgi kunda shou-biznes va kino bozorlaridir.
6
.Qurol-aslaha bozori bozorning alohida turini tashkil etadi, bu erdagi
tovarlar iste’mol buyumlari ham emas, resurslar ham emas. Bu erda xavfizlikni
ta’minlovchi qurol-yarog’lar sotiladi. Bu bozor salonlar va ko’rgazmalar shaklida
bo’ladi. Mayda qurollar magazin orqali sotiladi.
Bozor o’zining qamrov doirasi jihatidan mahalliy, hududiy,
milliy va jahon
bozorlariga bo’linadi. Bozor qanchalik turga bo’linmasin, ixtisoslashmasin, baribir, u
oldi-sotti orqali kishilar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni o’rnatishga hizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: