Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/149
tarix11.06.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#128723
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   149
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

Sof monopoliyani olsak, bundagi eng muhim narsa mahsulot ishlab 
chiqarishning bir firma ixtiyorida 
bo’lishi va uning o’rnini oluvchining yo’qligi, ya’ni haqiqatan ham bozordagi 
tanholikdir. Chunki, monopoliyaning barcha xususiyatlari shundan kelib chiqadi. Bu 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


57 
modelning to’rt muhim tomonini ko’rsatish mumkin: 1) sotuvchi yakka, tarmoqning 
tengdoshi yo’q, chunki firma yakkayu-yagona; 2) sotiladigan mahsulot juda yuqori 
darajada bo’lib, undan yaxshirog’i yoki uning o’rnini bosadigani yo’q (ko’pincha 
ba’zi xomashyo va yangi mahsulot ta’minotchilariga xos); 3) monopolist bozorga o’z 
hukmini o’tkazadi, bahoni nazorat qiladi, tovarning bozorga kelishini o’z qo’lida 
ushlab turadi; 4) monopolist tomonidan raqiblar uchun bozorga kirish yo’li to’la 
to’siladi. Bunda uning yagonaligi ish bersa, zaruriyat tug’ilsa, sun’iy to’siqlar ham 
ishga solinadi. Ayniqsa bunda patent, litsenziyalardan to’la foydalanish mumkin. 
Hozircha shu bilan chegaralanib (chunki quyida yana monopolizmga 
qaytamiz), bundan keyingi model — monopollik raqobatni ko’rib chiqaylik. Bunda 
tanholik yoki ommaviylik sharoiti hukmron bo’lmay, bozorda nisbatan ishlab 
chiqaruvchilar ko’p bo’ladiyu, lekin ularning tovarlari bir xil bo’lmay, farqlanadi. 
Shuning uchun ham ishlab chiqaruvchilar va firmalar minglab bo’lmay, o’nlab bo’lsa 
etarli. Sof raqobatda standartli tovarlar yoki bir xil tovarlar bozorga olib chiqilsa, 
bunda tabaqalashtirilgan tovarlar olib chiqiladi. Tabaqalashtirish yoki turlilik 
mahsulot va xizmatlar sifatiga taalluqli bo’lgani tufashga iste’molchining bularga 
munosabati narx-navoga bog’liq bo’lmaydi. Aytaylik, vinolarning alohida xillari 
yoki bir xil turdagi shokolad kabilarni misol keltirish mumkin. Kiyim modalarida 
buning o’rni albatta katta. Bunda raqiblarga nisbatan bo’lgan ta’sir va munosabat 
faqat baholar orqali bo’lmay, tovar va xizmatlar turliligiga katta e’tibor berish yo’li 
bilan ham amalga oshadi hamda bu asosiy tamoyil bo’lib hisoblanadi. Bu modeldagi 
bozor, ya’ni monopolli raqobatning muhim xususiyatlaridan yana biri shuki, 
tarmoqqa kirish va ma’lum tovar bozorida ishtirok etish oson ko’chadi. Bunday bozor 
ishtirokchilari juda yirik ishlab chiqarishga ega bo’lmay, nisbatan katta bo’lmagan 
firmalar bo’lib, ularning xarajatlari uchun katta mablag’ talab etilmaydi. 
Monopolli raqobatdagi monopollik mazmunini nima belgilaydi, degan savol 
tug’ilishi mumkin. Bunga javoban shuni aytish mumkinki, tovar xillari turliligi, sotuvga 
chiqariladigan tovarlarning farqlanishi va o’ziga xos monopol egalikning mavjudligi 
bozorda monopol hukmronlikni yuzaga keltiradi. Tovar ishlab chiqaruvchilarning 
yagona bo’lmay, yana boshqalarning bo’lishi va tarmoqqa kirish erkinligi mavjud 
bo’lishiga qaramay, o’z tabaqalashgan tovari yoki xizmatiga o’zi baho qo’yish 
imkoniga ega bo’ladi. Bundan tashqari bu bozorda mayda va o’rta ishlab 
chiqaruvchilar bilan birga yiriklari ham ishtirok etadi. Shuning uchun ham hozirgi 
zamon harbiy mamlakatlar bozori tuzilishida shu biz ko’rayotgan monopolli raqobat 
ustunlik qiladi. 
Keyingi model — oligopoliya bo’lib, raqobatda ishtirok etuvchilarning 
ozchilikni tashkil etishi bilan farqlanadi. Agar bozordagi raqiblar ko’pchilik bo’lmay, 
juda ozchilikni tashkil etib, miqdori o’ndan oshmasa, buni oligopoliya deyiladi. Bu 
taxminan sof monopoliya va monopolli raqobat o’rtasidagi bozor modelidir. Aytaylik, 
AQShdagi avtomobil sanoatida uch yirik firma hukmronlik qiladi; "Djeneral 
motorz", "Ford" va "Krays-ler". YAponiyada ham bir nechta gigantlar mavjud. 
Shularga o’xshagan gigantlarning bozordagi hukmronligi oligopoliya mazmuniga ega 
bo’ladi. 
Oligopollar bir xil yoki tabaqalashtirilgan tovarlar ishlab chiqarishi mumkin. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


58 
Bir xillilik ko’pincha xomashyo va yarim fabrikatlar bozoriga xosdir. Aytaylik, ruda, 
neft, po’lat, tsement, texnik spirt kabilar. Tabaqalashtirish asosan iste’mol 
buyumlariga xosdir. Albatta ozchilikni tashkil etgan firmalarning bir birlari bilan 
kelishuvi juda oson. Ular monopol baho, bozorlarni bo’lib olish va raqobatning 
boshqa tomonlariga osonlikcha ta’sir etib, uni chegaralay oladilar. Shunday qilib, 
oligopoliya sof monopoliyaga yaqinlasha oladi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, oligopol 
bozordagi raqobat ishlab chiqarish kontsentratsiyasiga bog’liqdir: ular ko’p bo’lsa, 
ya’ni ko’p sonli firmalar mavjud bo’lsa, raqobat ta’siri kuchliroq bo’ladi, agar firmalar 
oz sonli bo’lsa, raqobat zaiflashadi, monopollik ustunlik qiladi. 
Oligopol bozorning rivojlangan raqobatdan muhim farqi shuki, u baho harakati 
bilan bog’langandir. Raqobat bozorida baholar to’xtovsiz va tez-tez o’zgarib tursa, 
oligopol bozorda baho juda kam o’zgarib, ancha turg’unlikka ega bo’ladi. Baholarni 
etakchi firma bo’lsa, belgilaydi qolganlari uning ketidan ergashadilar. 
Shunday qilib, raqobat va monopoliyalar ta’siri ostida bozor modellari turliligi 
to’g’risidagi umumiy tu-unchalar bilan tanishib chiqdik. Endi yuqorida 
aytganimizdek, sof monopoliyaga qaytib, bahoning shakllanishi va umuman unga 
xos ba’zi muhim tomonlarni to’laroq ko’rib chiqaylik. Bunda harakatlar, baho va 
daromadlar o’zgarish chizig’idan foydalanamiz. Sof raqobatli bozor sharoitida 
elastik, ya’ni o’zgaruvchan talab mavjud bo’lib, talab chizig’i pirovarddagi daromad 
chizig’iga to’g’ri keladi. Monopolistning talab chizig’i tarmoqlar talab chizig’iga 
mos keladi, shunga ko’ra u pasayish xususiyatiga ega. Bunda birinchi sotilgan yuqori 
bahodagi tovarga nisbatan keyingilarining bahosi pasayib boradi. Daromad ham shu 
tarzda bo’ladi. 
Ammo shu narsani ham e’tiborga olish kerakki, doimo baho hisobiga daromad 
olib bo’lmaydi. Bahoning ko’tarilishi hamma vaqt monopoliya uchun foydali deb 
bo’lmaydi. Uning uchun eng ma’qul yo’l ishlab chiqarishni o’stirish va taraqqiy 
ettirishdir. 
YAkka firma mavjudligi va sof monopoliya sharoitida raqobat yo’q bo’ladi, - 
deb bo’lmaydi. Chunki, bu firma resurslar, ishlab chiqarish vositalari va ish kuchi 
bozorida xaridor sifatida raqobatga uchraydi. Jahon bozori ichki bozordan 
farqlanadi. Aytaylik, AQSh yirik avtomobil kontsernlari YAponiya, Germaniya, 
Frantsiya, Shvetsiya kabi mamlakatlar avtomobil firmalari bilan raqobat kurashida 
bo’ladilar. Bularning hammasi monopoliyaning sof mazmunini inkor etmaydi va 
aksmonopoliya 
siyosatini qo’llash talab etiladi. Bu siyosat Xg’X asrning oxiridayoq boshlangan 
bo’lib, hozirgacha takomillashib kelmoqda. Davlatning monopoliyalarga qarshi 
birinchi qonuni antitrest qonun 1890 yilda AQShda chiqarilgan bo’lib, bu "Sherman 
qonuni" deb atalgan. Bu qonun keyinchalik bir necha bor qayta qo’rib chiqildi. 
Bunday qonunlar ko’pchilik bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarga mansubdir. Bizning 
respublikamizda monopoliyadan chiqarish qo’mitasi bor va uning asosiy vazifasi 
monopoliyaga qarshi kurashishdir. 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


59 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin