Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquv -pedagogik hujjatlarni yuritish boʻyicha tavsiyalar



Yüklə 110,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix24.10.2023
ölçüsü110,02 Kb.
#160724
  1   2   3   4   5   6   7
205-б иловаси Maktabning asosiy hujjatlarni yuritilish tartibi



Oʻzbekiston Respublikasi
Xalq taʼlimi vazirining
2021-yil “___” _________ dagi 
_____-
sonli buyrugʻiga ilova
 
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquv
-pedagogik hujjatlarni yuritish 
boʻyicha tavsiyalar

 
Mazkur tavsiyalar umumiy oʻrta taʼlim maktablarida (keyingi oʻrinlarda 
“maktab” deb ataladi) 
oʻquv
-pedagogik 
hujjatlarni (keyingi oʻrinlarda “maktab 
hujjatlari” deb ataladi) tayyorlash, buyurtma berish, yuritish va ularni saqlash tartibini 
belgilaydi.
 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Maktablarda quyidagi maktab hujjatlari yuritiladi: 
Pedagogik kengash bayonnomalari; 
Buyruqlar daftari (Xalq taʼlimi tizimini boshqarishn
ing axborot tizimi (ERP) 
joriy etilgan maktablarda elektron shaklda); 
Shahodatnoma va sertifikatlarni hisobga olish hamda tarqatish daftari; 
Sinf jurnali (elektron kundalik tizimi joriy etilgan maktablarda elektron 
shaklda); 
Qoldirilgan va oʻrni toʻldirilgan darslarni hisobga olish daftari;
Oʻquvchilarning shaxsiy yigʻma jildi hujjatlari.
2. Pedagogik kengash bayonnomalari, buyruqlar daftari, shahodatnoma
va sertifikatlarni hisobga olish hamda tarqatish daftari va sinf jurnali qatʼiy hisobda 
turuvchi hujjatlar roʻyxatiga kiritiladi.
3. 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq 
taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalarining (keyingi 
oʻrinlarda “hududiy boshqarmalar” deb ataladi) buyurtmasi asosida maktab hujjatlari 
namunaviy shaklda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan xarid qilinib, barcha maktablarga 
bepul yetkazib beriladi. 
4. Maktab hujjatl
arining toʻgʻri yuritilishi va saqlanishi boʻyicha umumiy 
javobgarlik maktab direktori zimmasiga yuklatiladi. 
Maktab direktorining buyrugʻi bilan maktab hujjatlarini bevosita yuritish uchun 
masʼul shaxslar tayinlanadi.
5. 
Maktab direktori oʻzgarganda dalol
atnoma asosida maktab hujjatlari yangi 
tayinlangan direktor (yoki vaqtincha vazifasini bajaruvchi)ga topshiriladi. 
6. Maktab faoliyati tugatilganda (qayta tashkil etilganda) maktab hujjatlari 
tegishli davlat arxiviga (huquqiy vorisiga) belgilangan tartibda topshiriladi. 

Yüklə 110,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin