128
T o ð s h i r i q . Berilgan otlarni aniq va mavhum ma’nolarni bildiri-
shiga ko‘ra guruhlarga ajrating.
Baxt, ðari, farishta, uyqu, hayo, orzu, qalam, o‘rik, o‘t.
BILIB OLING.
Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz
mumkin bo‘lgan narsalarni bildirgan otlarga aniq otlar
deyiladi: kitob, mashina, uy, eshik, dutor va hokazo.
Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo‘lmagan,
tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan narsalarni
bildirgan otlarga mavhum otlar deyiladi: xayol, aql, o‘
y,
go‘zallik va hokazo.
Aniq otlar birlik va ko‘plik shaklida qo‘llana oladi,
ammo mavhum otlar ko‘plik shaklida qo‘llanganda, asosan,
ko‘plik ma’nosi emas, balki ta’kidlash, kuchaytirish
ma’nolari ifodalanadi.
324-mashq.
Aniq va mavhum otlarga qo‘shilgan ko‘ðlik, egalik va
kelishik qo‘shimñhalariga e’tibor bering. Ko‘ðlik qo‘shimñhasining qan-
day ma’no qo‘shayotganini izohlang.
1. U o‘z qalbida keñhayotgan tuyg‘ularning
nomini bil-
mas, shu daqiqadagi holatini o‘rtoqlariga ham izohlab berolmas
edi. (
Qamñhibek Kenja) 2. Hunarlaringni,
didlaringni rosa ish-
latib, ñhiroyli bino solib bersalaring, bas. (
Oybek) 3. Mening
Jasur ismli ukam bor.
U hayvonlarni, ayniqsa, itlarni yaxshi
ko‘radi. (
I. Õolliyeva) 4. Ular qushñhalarni tomosha qilishadi.
(
A. Azimova)
325-mashq.
Gaðlarni o‘qib, aniq va mavhum otlarni toðing, ularga
izoh bering. Hikmatlarning mazmuni haqida suhbatlashing.
1. Hasad — yurakning zanglashi, qaysarlik mag‘lubiyat
sababñhisidir. 2. Oyog‘ingiz yugursa,
maqsadingizga yetkazadi,
tilingiz yugursa boshingizga falokat keltiradi. 3. Yalqovlik muh-
tojlik eshigidir. 4. Narsa deb odamlar e’tiboridan qolish yomon.
5. Hayo qalbning haqiqiy ko‘zgusidir. (
«Sharq hikmatlari»dan)
Dostları ilə paylaş: