Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   170
Ona tili 6 sinf

143-mashq. 
Uyga vazifa. Gaplarni o‘qing, harakat nomlarini o‘zi
bog‘langan so‘zlar bilan birgalikda ko‘chirib yozing.
1. Yozuvchi turmushni har taraflama o‘rganishi, buning
uchun uning hamma sohalaridan xabardor bo‘lishi kerak.
(Abdulla Qodiriy) 2. Õalqning sha’niga, ming yillar davomida
to‘plagan obro‘-e’tiboriga dog‘ tushirishga hech kimning haqqi
yo‘q. (O‘. Sulaymonov) 3. Vaqtni samarasiz tortishuvlarga sarf-
lamaylik. Har bir voqea va hodisaga katta mas’uliyat, xalqimizga
xos donolik va aql-zakovat bilan yondashishimiz kerak.
(N. Muhiddinov)
To p s h i r i q . Òashish, tashishmoq, tashuv so‘zlaridagi asos va
qo‘shimchalarga diqqat qiling, ulardagi tovush o‘zgarishlarini aniqlang.
BILIB OLING. 
 Harakat nomi fe’l asoslariga
-(i)sh, -(u)v, -moq qo‘shimchalarini qo‘shish orqali
yasaladi. Masalan: yasha+sh, kel+ish, ayt+uv, bil+moq.
a yoki i unlisi bilan tugagan fe’l asoslariga -v
qo‘shimchasi qo‘shilganda, a unlisi o ga, i unlisi u ga
aylanadi va shunday yoziladi. Masalan, ishla – ishlov,
tani —tanuv.
ESDA SAQLANG. 
Harakat nomi otlar kabi egalik,
kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini oladi va gapda ular
bajaradigan gap bo‘laklari vazifasida keladi. Masalan:
Chiroyli yozishni organ! Yozuving yomon emas.
HARAKAÒ NOMINING YASALISHI


56
144-mashq.
Nuqtalar o‘rniga berilgan harakat nomlaridan
mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. Vatanni ..., uning kelajagi uchun ... barchamizning
burchimizdir. 2. Birovlarning gapini zimdan ... odobdan emas.
(S. Anorboyev) 3. Erta bahorda daraxt ..., yerlarni ... bizning
eng yaxshi odatimizdir. 4. Bu Vatanni jon bilan ...ga, Cho‘lpon,
hozir o‘l. Kimki qasd qilsa anga, kiysin pushaymondin kafan!
(Cho‘lpon)
Q o ‘ y i s h u c h u n s o ‘ z l a r : saqlash, sevmoq,
qayg‘urmoq, tinglash, ekish, yumshatish.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin