58
o‘xshaydi. 3. Arslondan qo‘rq...dan ko‘ra o‘z nafsidan qo‘rq...
foydaliroq. 4. Ilm insonni izzat va sharafga yetkaz... vositadir.
5. Boshqalar qalbiga yaxshilik urug‘ini ek... odam chinakam
insondir.
151-mashq.
Sifatdoshlarni toping. Ulardagi yasovchi qo‘shimchalarni
sifatdosh yasovchi boshqa qo‘shimchalarga almashtirish mumkinmi?
Shu haqda bahs uyushtiring. Yozuvchining fikriga qo‘shilasizmi?
Men go‘yo tabiat bilan qo‘shilib ketgandekman.
Uning bir
qismi mana shu daryo, qush, o‘tloq, qamishzor, chirillayotgan
chigirtka.
Anovi vaqillayotgan qurbaqa, huv narigi yoqda hurayot-
gan it, shamolda shildirayotgan qamish yaproqlari. O‘tloqdagi
chirsillayotgan olov, chaylaga to‘shalgan o‘t-o‘lanlarning shirin,
yoqimli, toza isi bilan aralash-quralash bo‘lib ketgandekman.
(
Olmos)
1. Sifatdosh deb nimaga aytiladi?
2. Sifatdosh yasovchi qo‘shimchalarni sanang.
3.
-gan, -kan, -qan qo‘shimchalarining qanday fe’l
asoslaridan so‘ng qo‘llanishini izohlang.
Dostları ilə paylaş: