61
uloqchi-chavandozlar uchrab qoldilar. (
A. Qodiriy) 3. ...Jimir-
lab oqayotgan daryo bo‘yiga borib, yuz-qo‘llarini yuvib, bir-
ikki qultum suv ichishdi. (
Mirmuhsin) 4. Yoqimli yoz shaba-
dasi endigina qad ko‘tarib kelayotgan yosh nihollarni tebratar
edi. (
O‘. Hoshimov)
157-mashq.
Kelasi zamon sifatdoshlarini topib, hosil bo‘lishini
tushuntiring.
1. Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, opa,— dedi Kamol
astoydil kuyunib, — sha’ningizga dog‘ tushiradigan bunaqa ish-
larga izn bermang. (
E. Usmonov) 2. Shanbada to‘y keladigan, el-
yurtga osh beriladigan bo‘lgani uchun erta tongdanoq hovli
gavjum edi. (
O. Yoqubov) 3. Eshon otasining vasiyatiga amal
qilib, to‘rdan joy tegmaydigan, poygakda choy tegmaydigan
bir odam bo‘lib yetishibdi. (
Abdulla Qahhor) 4. Bo‘ladigan
savdoning tezroq bo‘lgani yaxshi. (
N. Normatov) 5. Mana endi,
Sobirjon o‘g‘lim, ishlab, ro‘zg‘orga qarashadigan vaqtingiz bo‘ldi.
(
Hakim Nazir)
158-mashq.
So‘z birikmalari tarkibidagi kelasi zamon sifatdosh-
larini o‘tgan va hozirgi zamon sifatdoshlariga aylantiring, so‘ng ular
ishtirokida gaplar tuzing.
Ichiladigan suv, tug‘adigan sigir, bajariladigan ish, oli-
nadigan ko‘ylak, haydaladigan yer, miniladigan ot, yoziladi-
gan bayon, chaqiriladigan mehmon, qilinadigan to‘y, ijro eti-
ladigan raqs, pishiriladigan ovqat.
1. Hozirgi zamon sifatdoshi qanday yasaladi?
2. Kelasi zamon sifatdoshiga misollar ayting.
3.
Qurmoq, boqmoq, tikmoq fe’llaridan hozirgi va kelasi
zamon sifatdoshlarini yasang.
Dostları ilə paylaş: