67
BILIB OLING.
Unli va jarangli undoshlar bilan
tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning -gach, -guncha,
-gancha, -gani qo‘shimchalari qo‘shiladi.
Jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga bu
qo‘shimchalar qo‘shilganda, -kach, -kuncha, -kancha,
-kani shaklida talaffuz qilinsa ham, -gach, -guncha,
-gancha, -gani tarzida yoziladi.
Bu qo‘shimchalar faqat k undoshi bilan tugagan fe’l
asoslariga qo‘shilib, -kach, -kuncha, -kancha, -kani ho-
lida; q undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilib,
-qach, -quncha, -qancha, -qani shaklida talaffuz qilinadi
va shunday yoziladi.
171-mashq.
Berilgan gaplardagi fe’llarni toping, ravishdosh shak-
lini hosil qiluvchi qo‘shimchalarning yozilishi va talaffuzini tushunti-
ring.
1. Ona kelar yo‘lda yugurib, Ko‘ringandan qizini so‘rab.
(
Hamid Olimjon) 2. Orqa tomonda o‘tirgan Dilbar o‘zini tu-
tolmay qiqirladi. (
N. Aminov) 3.
Bobur gulni yana bir hidlab,
boshidagi sallasining qatiga qistirib qo‘ydi. (
P. Qodirov) 4. Taxtga
chiqqach, adolat bilan ish tutibdi. (
Ertakdan) 5. Shamol tinaver-
magach, tog‘ga chiqishni qoldirdi. (
Tog‘ay Murod)
172-mashq.
Berilgan gaplardan fe’lning ravishdosh shaklini toping
va talaffuzi hamda imlosiga e’tibor bering.
1. O‘sha kuni kechasiyoq qahramonliklar ko‘rsatib,
shon-u
shuhrat taratib, o‘qituvchilarimni hayratda qoldirdim. (
Õ. Òo‘x-
taboyev) 2. Men bobomning maqtovini eshitib, kekkayib
bormoqdaman. (
A. Qodiriy) 3. Òepalikdan o‘tgach, chavandoz-
lar birin-ketin orqada qola boshladi. (
B. Murodaliyev) 4. Aka-
uka maslahatlashib, tong otguncha
shu yerda qolishga qaror
qilishdi. (
Õ. Òo‘xtaboyev) 5. Õola, ukam qani, olib ketgani keldim.
(
H. Badalov)
1. Ravishdoshlar qaysi qo‘shimchalar yordamida yasala-
di?
2. Ularning imlosi haqida gapiring.
3. Qanday
asoslarga -qach, -quncha, -qani qo‘shimchalari
qo‘shiladi?