Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   170
Ona tili 6 sinf

186-mashq.
 
Silab qo‘ydi — silamay qo‘ydi — silab qo‘ymadi;
yashirib qo‘ydi — yashirmay qo‘ydi — yashirib qo‘ymadi, ya-
shirmay qo‘ymadi; o‘tib qoladi — o‘tmay qoladi — o‘tib qolmay-
di ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari ishtirokida gaplar tuzing,
fe’l shakllari o‘zgarishining gap ma’nosiga qanday ta’sir qilayot-
ganini toping.
1. -ma qo‘shimchasi yetakchi va ko‘makchi fe’lga qan-
day qo‘shiladi?
2. Yetakchi va ko‘makchi fe’llarga nisbat qo‘shim-
chalarining qo‘shilish tartibi haqida so‘zlab bering.
3. Yetakchi va ko‘makchi fe’llarga zamon qo‘shimchalari
qanday qo‘shiladi?


74
187-mashq.
 Uyga vazifa. Rasm asosida «Konstitutsiya bayramida»
mavzusida matn tuzing, unda ko‘makchi fe’llardan foydalaning.
1-t o p s h i r i q . Berilgan so‘zlarni tarkibiy qismlarga ajrating.
Qo‘shimcha qismning vazifasini ayting.
Sana, boyi, oqar, qoray, suvsa, yaltira, yiltira, suhbat-
lash.
2-t o p s h i r i q . Berilgan yasama fe’llar qatorini davom ettiring.
Suvsira, tuzla, tuna, chirqilla, qisqar.
BILIB OLING. 
-la, -a qo‘shimchalari ot, sifat,
undov so‘zlardan, -(a)y, -i, -sira, -sa qo‘shimchalari ot
va sifatlardan, ba‘zan ravishlardan, -(a)r qo‘shimchasi
sifatlardan, -illa, -ira qo‘shimchalari taqlid so‘zlardan
fe’l yasaydi.
-sira qo‘shimchasi sen, siz olmoshlaridan ham fe’l
yasaydi.
188-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi
qo‘shimchalardan mosini qo‘yib, fe’llar hosil qiling va ularning yasa-
lishini izohlang.
1. Odobli va adolatli inson qo‘lidagi qalam baxt-saodat
uchun xizmat qilib yurgan odamlarni zavq... (-la,-ir,-lan) ti-

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin