73
184-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, ajratib ko‘rsatilgan ko‘makchi
fe’lli so‘z qo‘shilmalaridagi ko‘makchi fe’llar bildirgan ma’nolarni
aniqlang.
1. Unsin ostonadan hatlashi bilan paranjisini
yig‘ishtirib
oldi, qarshisiga yugurib chiqqan Zumrad bilan quchoqlashib
ko‘risha ketishdi. 2. Birpasgina bo‘lsa ham... ko‘rinish berib,
notavon ko‘nglimni
tinchitib ketsang, bo‘lgani. 3. Sovuq
bo‘shashgan hamon, ko‘klam daragi kelmasdan, tag‘in ayvonga
ko‘chib olar edi. 4. Umarali o‘rnidan turdi-da, tashqariga
chiqib
ketdi. (
Oybek)
185-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, ajratib ko‘rsatilgan fe’llarni bir-
biriga solishtirib, farqlarini ayting, asosga fe’l shakllarining qo‘shilishiga
diqqat qiling.
1. Otamiz aravaga qo‘shilgan otni
yetaklab borardi, xullas,
Zovboshiga borishimni
taqiqlab qo‘yishgandi uydagilar. 2. Òog‘dan
bizga qishning yaqinlashganidan xabar beruvchi shamollar
esa
boshladi. 3. Keyin ularning ham chandilgan iplarini yechib,
ayirib ola boshladik. 4. Yo‘l nishab edi.
Òushib ketyapmiz.
Goho otning tuyog‘i silliq toshda
sirg‘alib ketadi. 5. Bir mahal
yo‘l
kengayib ketdi. (
Sh. Xolmirzayev)
Dostları ilə paylaş: