FE’LLARNING YASALISHI
75
radi, bir-biriga yaqin... (-sa, -lash, -man)tirib, do‘stlikni
mustahkam... (-sira, -la, -y)di. (H. Ziyoyev) 2. Goho miriqib
gap... (-cha,-ir,-la)shib, o‘y... (-in, -la, -choq)shib olish ham
kerak-ku? Õotiralar odamning yuragini toza... (-lik, -gar,
-la)ydi. (Sh. Õolmirzayev) 3. Yuzimga qarab turib «sen... (-la,
-sira, -sa)mang» deydi-ya?! (Abdulla Qahhor) 4. U Marg‘ilonga
yaqin... (-roq, -lash, -la)ib qolganda kun og‘ib qolgan edi. (Òohir
Malik)
189-mashq.
-la qo‘shimchasi yordamida yasalgan fe’llarni jadvalga
joylashtiring, ularning yasalishini izohlab, gaplar tuzing.
Òuzlamoq, dodlamoq, yangilamoq, tezlamoq, voyvoyla-
moq, yaxshilamoq, varaqlamoq, to‘g‘rilamoq, sekinlamoq,
ho‘plamoq, qishlamoq.
Otdan yasalgan
fe’llar
Sifatdan yasalgan
fe’llar
Ravishdan
yasalgan fe’llar
Undov va taqlid
so‘zdan yasalgan fe’llar
190-mashq.
Quyidagi qo‘shimchalar yordamida fe’llar yasang va
ular ishtirokida gaplar tuzib, yozing: -i, -y, -illa, -la, -lan, -lash,
-sira.
N a m u n a : boy+i, tinch+i.
Maktabimiz muzeyi yangi eksponatlar bilan boyitildi.
191-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Fe’l yasovchi qo‘shimchalarni
aniqlab, ularga izoh bering.
1. Bularning ichida bitta kattasi bor ekan. Bizga yaqin-
lashmadi. (Ertakdan) 2. Shundan so‘ng Òo‘maris qo‘shin
to‘plab, jangga otlandi. (Mirkarim Osim) 3. Gapirganda ovozi
xuddi ichidan chiqqanday guldurab, jaranglab eshitiladi.
(Õ. Òo‘xtaboyev) 4. Qizlar o‘zaro sekin suhbatlashib
turishardi. (Oybek)
1. So‘z yasalishi deganda nimani tushunasiz?
2. Fe’llar qaysi qo‘shimchalar yordamida yasaladi?
3. Òaqlid so‘zlardan qaysi qo‘shimchalar yordamida fe’l
yasaladi?
va taqliq
|