7
14-mashq.
Xato berilgan so‘zlarni aniqlang, ularni imlo qoi-
dalariga mos ravishda ko‘chiring, undosh tovushlarga e’tibor bering. Ona
tilining inson hayotidagi o‘rni haqida fikrlashing.
Jahonda nimaiki oq bo‘lsa,
unga ona suti timsol; nimaiki
jo‘shqin bo‘lsa, unga ham ona mehri timsol;
nimaiki chidamli,
sabr-toqatli bo‘sa, ona irodasi timsol; kimki pok muhabbat,
mehri daryolik da’vo qisa, onaning pok qalbi timsol.
Shu bois
biz har vaqt onaga nisbat berip «ona yurtim», «ona tilim»
deymiz. (
O. Alimardonova, Q. Nazarov)
15-mashq.
Uyga vazifa. Rasm asosida «Mustaqillik bayramida»
mavzusida matn tuzing. Unda ishlatilgan undoshlarni izohlang.
1. «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qa-
chon qabul qilingan?
2. O‘zbek alifbosini yoddan aytib bering.
3. Imlo qoidalari deganda nimani tushunasiz?
16-mashq.
Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning
talaffuzi
va imlosidagi farqlarni tushuntiring. Yurtimizdagi ulkan bunyodkorlik
ishlari haqida so‘zlab bering.
— Yonboshingizdagi ulug‘vor tog‘lar, jonning huzuri, g‘ir-
g‘ir shabada... Sut, qimiz
serob, — hazillashdi Komila.
O‘ZBEK ALIFBOSI VA IMLO QOIDALARI
8
— Jannat-ku bu hayot, o‘zim cho‘pon bo‘lar edim, iloji
bo‘lsa,
rost aytyapman. Cho‘ponlar
gurullab xoxoladilar.
Siyrak
soqol, burushgan yuzli, qotma gavdali cho‘pon chol
e’tiroz qildi:
— Ehe Komilaxon, yoshsiz, bilmaysiz, bu
hunarning ham
mashaqqati zo‘r, og‘ir mehnat. Qo‘ylar misli
chaqaloq,
parvarishning
talabgori ular. Tog‘da bo‘ronlar, sellar,
toshqin-
lar,
shamollar... Oho, ofat
behad ko‘p. Hamisha ziyraklik lozim.
(
Oybek)
Dostları ilə paylaş: