12
31-mashq.
Matnni o‘qing. Uning mavzusiga
muvofiq sarlavha topishga
harakat qiling. Non qadri haqidagi fikrlaringizni bayon qiling.
Bolalar bog‘ida hayajonli manzaraning guvohi bo‘ldik: besh-
olti yoshlar chamasidagi qizchaning onasi beriroqda turib
chaqirardi:
– Muqaddas, tursang-chi o‘rningdan, uyga ketamiz.
Qizcha: «Hozir, hozir», –
deydi-yu, yerdan nimanidir
shoshilib teradi. U terayotgan narsa non ushog‘i ekan.
– Muqaddas, bularni boshqa odam to‘kib ketgan-ku!
Qiz ajablanib qaradi:
—
Non yerga tushsa, uvol bo‘ladi. Katta buvim aytganlar.
(
M. Ulug‘ova)
32-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Ularning qanday mavzuga oid
ekanligini aniqlang. Vatan mavzusidagi fikrlaringizni bayon qiling.
1. Ayrilmagin elingdan, quvvat ketar belingdan. 2. Baliq
suv
bilan tirik, odam – el bilan. 3. Vatan qadrini bilmagan o‘z
qadrini bilmas. 4. Vatansiz inson – kuysiz bulbul. 5. Dushmanga
nafrati bo‘lmaganning Vatanga muhabbati bo‘lmas.
1. Matn deb nimaga aytiladi?
2. Mavzu deganda nimani tushunasiz?
3. Matndagi gaplarning mazmuniy bog‘lanishi
qanday
bo‘ladi?
4. Matndagi gaplar grammatik jihatdan o‘zaro qanday
bog‘lanadi?
33-mashq.
Uyga vazifa. Esingizda qolgan
biron-bir voqea haqida
hikoya matni tuzing.
1-topshiriq. Matnni ko‘chiring. Unda aks ettirilgan voqealarni
qayta gapirib bering. Gaplarning mazmunan bog‘lanishiga diqqat qiling.
Bu davralarda G‘afur G‘ulom to‘lib-toshib she’rlar o‘qirdi. Nimaiki
bisotida bo‘lsa, barini dasturxonga to‘kardi. Hovlisida pishib yotgan
giloslarni savat-savat qilib o‘rtaga qo‘yardi. Shoirlarning yelkasiga to‘n
tashlab, boshiga do‘ppi kiydirardi. O‘g‘il-qizlari odob bilan xizmat
qilishardi. (Said Ahmad)
Dostları ilə paylaş: