Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   170
Ona tili 6 sinf

38-mashq.
Uyga vazifa. O‘zingiz yoqtirgan rasm asosida matn
tuzing.


15
1-topshiriq. Berilgan matnning nima maqsadda tuzilganligini
aniqlashga harakat qiling.
Dam olish kunlaridan biri edi. Ko‘chaga chiqdim. Kech kuz
bo‘lsa ham, havo ochiq, quyosh charaqlab turardi. Hamma yoqda
yaproqlar: oq, sariq, yashil yaproqlar... Go‘yo ko‘chaga chiqishingizni
kimdir bilgan-u yo‘lingizga gilam to‘shab qo‘ygan.
(O’. Umarbekov)
2-topshiriq. Hamid Olimjonning «O‘zbekiston» she’ridan olingan
parchani o‘qing. O‘zbekistonning go‘zal tasviriga alohida diqqat qiling.
Chiroylidir go‘yo yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin.
Qorli tog‘lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida...
BILIB OLING.
 Muayyan predmet yoki voqea-
hodisalar ta’riflangan, tavsiflangan matn tasviriy matn
hisoblanadi.
ESDA SAQLANG. 
Tasviriy matn badiiy adabiyotda
ko‘proq qo‘llanadi.
39-mashq.
Berilgan matnni ko‘chiring, bu matnni tuzishdan
ko‘zlangan maqsadni aniqlashga harakat qiling. Unga sarlavha toping.
Orol o‘sha-o‘sha. Uzoqdan turib qarasang, ko‘z
to‘ymaydi. Ilon kabi buralib oquvchi daryo shu yerga kelganda,
ikkiga ajralgan, uch chaqirimdan so‘ng yana birlashadi. Qo‘sh
kokil yanglig‘ irmoq orasidagi orol esa yashnab turadi.
Na’matak, yovvoyi jiyda, baqaterak joy talashgandek ayqash-
uyqash bo‘lib ketgan. Suvga egilib turgan jiyda barglari
kumush kabi tovlanadi. Atrof sokinlik hukmida. Daryoning
oqishi ham, oroldagi qalin daraxtzorning epkinda tebranishi
ham ulug‘vor. (Tohir Malik).
40-mashq. 
Matnni o‘qing. Undagi gaplarning mazmunan va
grammatik bog‘lanishiga diqqat qiling. O‘zingizning uyingizni tavsiflab,
matn tuzing.
TASVIRIY MATN


16
YANGI HOVLI
Bizning yangi hovlimiz Abdulla Qahhor ko‘chasida
joylashgan. Hovliga chiroyli eshik orqali kiriladi. Eshik yonida
mashina kirishi uchun katta darvoza ham bor. Hovliga kirishingiz
bilan besh xonali uyga ko‘zingiz tushadi. Uyning tomi to‘q
qizil rangga bo‘yalgan. Oppoq rangdagi derazalarning yaltirashi
ko‘zingizni oladi. Uyning yerto‘lasi ham bo‘lib, u yerda sabzavot
va boshqa mahsulotlar saqlanadi.
Xonalarning birida ukam ikkalamiz yashaymiz. Bizning
xonamizga guldor gilam to‘shalgan. Ikkita karavot qo‘yilgan.
Karavotlarda chiroyli ko‘rpa va yostiqlar bor.
Hovlidagi gulzor va mevali daraxtlar ko‘zingizni quvnatadi.
Daraxtlar tagiga qo‘yilgan kattagina so‘rida yoz oylarida miriqib
dam olish mumkin. («O‘zbek tilini o‘rganamiz» kitobidan)

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin