Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik


FE’LLARNING VAZIFA SHAKLLARI



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   170
Ona tili 6 sinf

FE’LLARNING VAZIFA SHAKLLARI


54
HARAKAÒ NOMI
atalayotgan bu davr madaniy va adabiy hayotida burilish yasadi.
Zo‘r jur’at va mahorat bilan insonparvarlik, xalqparvarlik,
taraqqiyparvarlik g‘oyalarini ilgari surib, xalqimizning nomini
jahonga yoydi. Oradan qancha zamonlar o‘tsa-da, uning nomini
faxr bilan tilga olyapmiz. («Adabiyot» darsligidan)
1. Fe’lning vazifa shakllari deb nimaga aytiladi?
2. Fe’lning vazifa shakllari qaysilar?
3. Fe’lning vazifa shakllariga misollar ayting.
139-mashq.
Uyga vazifa. «Sen» ham, «siz» ham bir og‘izdan
chiqadi» mavzusida bog‘lanishli matn tuzing. Unda ishtirok etgan fe’llarning
qaysi shaklda ekanligini ayting.
1-t o p s h i r i q . Berilgan fe’llarni tarkibiy qismlarga ajrating,
qo‘shimchalar ma’nosini aniqlang.
Yozmoq, yozish, yozuv; o‘qimoq, o‘qish, o‘quv; olmoq,
olish, oluv.
2-t o p s h i r i q . Yuqoridagi fe’llarni gap ichida keltiring va qanday
gap bo‘lagi vazifasida kelayotganini ayting.
BILIB OLING.
 Fe’lning otga xoslangan shakli hara-
kat nomi deyiladi va fe’l asoslariga -(i)sh, -(u)v, -moq
qo‘shimchalarini qo‘shish yo‘li bilan yasaladi.
140-mashq. 
Hikmatli so‘zlarni o‘qing va yod oling. Nuqtalar
o‘rniga  -(i)sh, -moq (-mak), -(u)v qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib,
harakat nomi yasang.
Bilim o‘qi... va takrorla... mevasidir. O‘qi... — koni foyda.
Vatanni sev... imondandir. Ertalab tur..., bet-qo‘lni yuv...,
boshqalarga salom ber... insoniylik belgisidir. Birovni birovga
chaq... — eng yomon illat.
141-mashq. 
Berilgan so‘zlardagi harakat nomi yasovchi
qo‘shimchalarni aniqlang.
Sanash, chiqmoq, chizuv, aytish, chaqirish, to‘plash,
foydalanish, quymoq, sindirmoq, yopish, quyuv, ho‘plamoq,
yuguruv, tanishuv, qarov, ishlov, haydov.


55
1. Harakat nomi deb nimaga aytiladi?
2. -(i)sh, -(u)v, -moq  qo‘shimchalari yordamida harakat
nomlari yasang.
142-mashq. 
Gaplarni ko‘chiring, harakat nomi yasovchi qo‘shim-
chalarning tagiga chizing.
1. Boshida tashvishi bo‘lishiga qaramay, bolani erkalashga,
tarbiyalashga vaqt topdi. (Oybek) 2. Xalqning o‘zingga xayrixoh
bo‘lishini istasang, avval o‘zing xalqqa xayrixoh bo‘l. (Fitrat)
3. Biror xalqning axloqini bilmoq uchun uning adabiyoti bilan
tanish. (G‘afur G‘ulom) 4. Qo‘ziboy ishga aralashuvini ham,
chiqib ketishini ham bilmay qoldi. (Hakim Nazir)

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin