Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   170
Ona tili 6 sinf

yozdir —yozdirtir. Bunday holatda orttirma nisbat ma’nosi
kuchayadi.
128-mashq.
Nuqtalar o‘rniga zarur nisbat qo‘shimchalarini qo‘yib,
gaplarni ko‘chiring. Nima uchun ushbu qo‘shimchalarni qo‘yganingizni
tushuntiring.
1. Òushga yaqin dadam bizga ovqat kel...ib berdi. (Abdulla
Qahhor) 2. U eng avval malikalar-u nabiralarini Samarqandga
jo‘na...di. (Õurshid Davron) 3. Ko‘z ochgani qo‘ymaydi alam,
Boshim qo‘ysam kuy...ar bolish. Yupatolmas kitob va qalam,
Misralarim ko‘tarar nolish. (Zulfiya) 4. Õos chodir eshigiga
osilgan kimxob parda Humoyunning qo‘liga mayin va salqin
tegdi. Uni bir tomonga surib, tashqariga ko‘z yugur...di.
(P. Qodirov) 5. Shayxzoda jurnalistika sohasida ham qalam
tebra...ardi. (M. Zokirov)
129-mashq. 
Matnni o‘qing. Abdulla Avloniy haqida yana nimalarni
bilasiz? Shu haqda gapirib bering. Fe’llarni toping va nisbatni aniqlang.
Abdulla Avloniy o‘z ishini maktab ochishdan boshladi.
Gazeta chiqardi, darsliklar yozdi. Kitoblar bostirdi. Òeatr ish-
larini yo‘lga qo‘ydi. O‘zi pyesalar yozdi. Havaskorlarni yig‘ib,
tomoshalar ko‘rsatdi.
Abdulla Avloniy o‘z xizmatlari bilan o‘zbek ma’rifatchiligiga
juda katta hissa qo‘shdi. Yangi zamonaviy o‘qitishni ilmiy-amaliy
asoslab berdi. («Gulxan»dan)
130- mashq. 
Berilgan fe’llarga orttirma nisbat qo‘shimchalarini
qo‘shing va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Aytmoq, davom etmoq, tirishmoq, intilmoq, tayyorla-
moq, yuvmoq, quvonmoq, bilmoq, o‘ylamoq.


50
1. Orttirma nisbat shakllarini ayting.
2. Orttirma nisbat shakllarining fe’l asoslariga qo‘shilishini
tushuntiring.
131-mashq.
Uyga vazifa. Solmoq, bo‘zlamoq, qaytmoq, o‘smoq
fe’llarini orttirma nisbat shaklida qo‘llab, «Qo‘shiq sehri» mavzusida
bog‘lanishli matn tuzing.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin