44
1. Qanday fe’llar aniq nisbatdagi fe’l deyiladi?
2. Xohlagan to‘rtta fe’lni
aniq nisbat shakliga keltirib,
ular ishtirokida gaplar tuzing.
114-mashq.
Uyga vazifa. «Mening kutubxonam» mavzusida matn
tuzing. Aniq nisbatdagi fe’llarning tagiga chizing.
1-topshiriq. Berilgan gaplardagi fe’llarni toping va ularni tarkibiy
qismlarga ajrating.
1. Halima juda ozoda kiyinadi. 2.
Sobir masalani yechishga
qiynaldi.
2-topshiriq. Yuqoridagi fe’llarning qo‘shimcha qismi qanday ma’no
ifodalayotganini aniqlang.
BILIB OLING.
Bajaruvchining o‘zi ustida amalga
oshadigan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli
o‘zlik nisbati deyiladi. O‘zlik nisbati shakli fe’l asosiga
-(i)n, -(i)l qo‘shimchalarining qo‘shilishi bilan hosil
bo‘ladi.
115-mashq.
Fe’llarning qaysi nisbatda ekanligini ayting.
Ular ishtiro-
kida gap tuzing va ma’nosini tushuntiring.
Òaradi — tarandi, yuvdi — yuvindi, maqtadi — maqtandi.
ESDA SAQLANG.
Unli bilan tugagan fe’l asosiga
o‘zlik nisbatining -n yoki -l undosh bilan tugagan fe’l
asosiga esa -in yoki -il qo‘shimchalari qo‘shiladi.
116-mashq.
Matnni o‘qing. Fe’llarni ajratib, nisbatini aniqlang va
yasalishini tushuntiring.
O‘zbekiston xalq shoiri
Habibiy domla aruzni chuqur
o‘rganib va unda ijod qilib, mumtoz adabiyotimiz an’analarini
baholi qudrat davom ettirgan. Shu boisdan u o‘ttizinchi yil-
larning boshida adabiyotdan chetlatilgan,
uning uchun nashri-
yot eshiklari yopib qo‘yilgan. O‘sha kezlari domla tirikchilik vajidan
O‘ZLIK NISBAÒI
45
Andijonning chekka bir qishlog‘idagi magazinda ishlashga maj-
bur bo‘lgan. («
Vatan tuyg‘usi»)
117-mashq.
Berilgan qo‘shimchalardan nisbat qo‘shimchalarini
ajrating. Ularni fe’l asoslariga qo‘shib, gaplar tuzing.
-gach, -t, -uv, -ir, -n, -guncha, -la, -in, -il, -tir, -giz,
-l, -gan, -chi, -li, -iz.
118-mashq.
Nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi qo‘shimchalardan
mosini
qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. Ilm zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qiladi,
savobni gunohdan, halolni haromdan, pokni nopokdan ajra...
(-t, -l, -sh)ib beradi. (
A. Avloniy) 2.
Ammo kampirning
dodiga odam tez to‘pla... (-l, -n, -t )di. (
Abdulla Qahhor)
3. Nurga to‘ldi dara, to‘ldi soy, Nur yog‘... (-in, -l, -il)di
qorong‘i jarga. (
Hamid Olimjon) 4. Yaltiraydi, doim tovla...
(-t, -n, -l)ar, Oy nuriga cho‘miluvchi tosh. (
Hamid Olimjon)
1. O‘zlik nisbati shakli qanday ma’noni bildiradi?
2. O‘zlik nisbati qo‘shimchalarini ayting va ularni fe’l
asosiga qo‘shing.
3. Hosil bo‘lgan fe’llar ishtirokida gaplar tuzing.
Dostları ilə paylaş: