yig‘lardi. Besh-olti yoshli nevarasi bilangina tasalli topar edi.
Bola bobosining yoniga kelib o‘tirardi, ma’sum so‘zlari, yoqim-
li qiliqlari bilan bobosini kuldirib, uning qayg‘u-alamlarini
yengillashtirardi. (Ertakdan)
108-mashq. Matnni yozing. Fe’llarni aniqlab, ularning nisbat shakl-
larini ayting.
Yer yuzida qancha millat, xalq, elat bo‘lsa, shuncha til bor.
Tilsiz xalq yo‘q. Xalqsiz til ham bo‘lmaydi. Bular egizak tu-
shunchalardir. Birini biridan ayirib bo‘lmas. Ular ayirib qo‘yilsa,
ikkisi ham o‘zligini yo‘qotadi. Xalq boshqa bir xalqqa qo‘shilib
ketadi. («Vatan tuyg‘usi»)
109-mashq. Yurmoq, o‘qimoq, o‘ynamoq, quvonmoq, rivojlanmoq, gapirmoq fe’llariga nisbat shakllarini qo‘shib o‘zgartiring va ular ish-
tirokida gaplar tuzing.
1. Fe’lning qanday shakllari nisbat shakllari deyiladi?
2. Fe’l necha nisbat shakliga ega?
3. Xohlagan ikkita fe’lni nisbat shakllari bilan o‘zgartiring
va ma’nosini tushuntiring.
110-mashq. Uyga vazifa. Matnni yozing. Fe’llarni ajrating. Ular-
ning nisbatini aniqlab, ma’nosini tushuntiring. .
Nonning nomi ulug‘, nomidan ham o‘zi ulug‘. Bolaga ins-
jins ziyon yetkazmasin deb, ona o‘z go‘dagi yostig‘i ostiga non
qo‘ygan. Ota o‘g‘lini o‘zga yurtga safarga otlantirib, oq fotiha
berarkan, «balo-qazolardan saqlaydi» degan ma’noda farzandi-
ning qo‘liga non tutqazgan.
Yo‘lga chiqqan bahodirga ota-onasi yoki suyuklisi non tish-
latgan. Toki non nasiba tortib, u uyga sog‘-salomat, beshikast
qaytsin.
Xastani, keksalarni ko‘rish, ustozni ziyorat qilish, hol-
ahvol so‘rash uyiga non tugib borishdan boshlangan. («Oltin sandiq ochildi» kitobidan)