41
1. O‘timli fe’llar deb nimaga aytiladi?
2. O‘timsiz fe’llar qanday so‘zlarga bog‘lanib keladi?
3. O‘timli fe’llarni o‘timsiz fe’llarga aylantiruvchi vosi-
talar qaysilar?
4. O‘timsiz fe’llar qanday qo‘shimchalar orqali o‘timliga
aylantiriladi?
106-mashq.
Uyga vazifa. «Vatanni mardlar qo‘riqlaydi»
mavzu-
sida matn tuzing. Matnda ishlatilgan o‘timli va o‘timsiz fe’llarni izohlang.
1-topshiriq. O‘qidi — o‘qitdi, keldi — keltirdi fe’llari o‘rtasidagi
ma’no farqlarini aniqlang.
2-topshiriq. Bajardi — bajarildi, bajarishadi — bajartirdi fe’llari
o‘rtasidagi ma’no farqlarini izohlang.
BILIB OLING.
Bajaruvchining harakat va holat
jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l
shakllari nisbat shakllari sanaladi. Masalan, supurdi fe’lida
supurish harakatini bajaruvchi shaxs aniq, supurildi fe’lida
noaniq, supurishdi fe’lida birdan ortiq, supurtirdi fe’lida
esa harakat boshqa shaxs vositasida bajarilgani ifodalan-
gan.
ESDA SAQLANG.
Nisbat shakllari fe’lning asos
qismidan keyin qo‘shiladi. Fe’l 5 ta nisbat shakliga
ega: 1) aniq nisbat; 2) o‘zlik nisbati; 3) orttirma nisbat;
4) majhul nisbat; 5) birgalik nisbati.
107-mashq.
Matnni o‘qing. Ajratilgan fe’llarni yozing. Ha-
rakat va bajaruvchi o‘rtasidagi munosabatlarni tushuntiring.
Bir yigit ko‘zlari xiralashgan,
ovqat yeganda qaltiraydigan
qari otasining izzat-hurmatini bajo keltirmasdi.
Bir kuni chol bechora qo‘li titrab, osh suzib berilgan
kosasini
tushirib sindirdi, buni ko‘rgan kelini nordon so‘zlar
aytib, uning ko‘nglini
vayron qildi. Shundan keyin yigit otasini
hovlining
bir chekkasidagi zax uyga ko‘
chirdi. Kelin esa eri
keltirib bergan yog‘och kosada qaynotasiga ovqat bera boshladi.
FE’L NISBATLARI
42
O‘g‘li va kelinining bu kabi yaramas muomalalaridan ko‘ngli
ozor topgan ota vafot etgan kampirini eslab, ba’zan o‘ksib
Dostları ilə paylaş: