53
1-t o p s h i r i q . Berilgan fe’llar shakllarini tarkibiy qismlarga
ajrating.
Kelgach, kelguncha, o‘qib, o‘qish, o‘tirgan, qo‘rqmas.
2- t o p s h i r i q . Yuqoridagi fe’llar ishtirokida gaplar tuzing.
Fe’llarning gap tarkibida qanday bo‘lak vazifasida kelayotganligini
ayting.
BILIB OLING.
Fe’llar gapda boshqa so‘zlar bilan
bog‘lanib, kesim, ega, to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi vazi-
fasida kelishi mumkin. Buning uchun fe’l maxsus shakl-
larga ega bo‘ladi. Turli gap bo‘laklari vazifasida kelish
uchun xoslangan fe’l shakllari fe’lning vazifa shakllari
sanaladi.
Fe’llarning to‘rt vazifa shakli mavjud: 1) sof fe’l
shakli (o‘
qidi); 2) harakat nomi shakli (o‘
qimoq, o‘
qish);
3) sifatdosh shakli (o‘
qigan, oqar); 4) ravishdosh shakli
(o‘qib, kelgach).
137-mashq.
Berilgan gaplardagi fe’llarning vazifa shaklini aniq-
lang va tushuntiring.
1. Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim bo‘lishdi. (
Oy-
bek) 2. Azizim, qizingizning baxtini birovlarning ostonasidan
qidirmang. (
Abdulla Qahhor) 3. Suv kelguncha, podani tepaga
haydab chiqdi. Misoli suvga kalla qilganday o‘zini soyga otdi.
(
Òog‘ay Murod) 4. Òursunboy tizzasini ushlab zo‘rg‘a qadam
bosardi. (
Abdulla Qahhor) 5. Siddiqjon borishni ham, qaytishni
ham bilmay qoldi. (
Abdulla Qahhor)
138-mashq.
Berilgan gaplardagi fe’llarning vazifa shakllarini
toping, tahlil qiling.
Alisher Navoiy o‘zbek xalqining ulug‘ shoiri va mutafak-
kiri bo‘lib, u o‘zbek adabiyotini, ayni zamonda, jahon ada-
biyotini ajoyib durdonalar, o‘lmas badiiy obrazlar bilan bo-
yitdi. Shoir o‘z ijodiy faoliyati bilan XV asr o‘zbek adabiyotini
mislsiz taraqqiyot cho‘qqilariga ko‘tarib, uyg‘onish davri deb
Dostları ilə paylaş: