157 534. Onasi Nargizaga „Korzinka. Uz“ supermarketidan 3 xil
meva xarid qilishni aytdi. „Korzinka. Uz“ da 6 xil olma, 4
xil nok, 5 xil uzum bor. Nargiza mevalarning har bir
xilidan 1 kg dan olib, nechta turli to‘plam tuza oladi?
535. Nechta 4 xonali sonda faqatgina bitta 5 raqami bor?
536. Aylanada: a) 10 ta; b) 100 ta; d)
n ta nuqta belgilangan.
Har bir nuqta qolgan har bir nuqta bilan tutashtirilsa,
har bir holda jami nechta kesma hosil bo‘ladi?
537. 1) 3; 2) 4; 3) 5; 4) 6; 5) 8; 6) 15 nafar do‘stlar o‘za-
ro qo‘l berib ko‘rishishdi. Har bir holda qo‘l berishlar
soni nechta bo‘lgan?
538. 10 nafar o‘rtoq o‘zaro shaxmat turniri o‘tkazishmoqchi.
Bunda har bir bola qolgan har bir bola bilan bir partiya
shaxmat o‘ynaydi. Bu turnirda jami nechta partiya o‘y-
naladi?
Ayting-chi, 536 – 538- masalalarning o‘xshashligi nimada? 539. 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlari yordamida ham-
masi bo‘lib: 1) raqamlar takrorlanmasa; 2) raqamlar
takrorlanishi mumkin bo‘lsa, nechta uch xonali son tu-
zish mumkin?
540. 1, 2, 3, 4, 5 raqamlari yordamida nechta: a) ikki xonali;
b) uch xonali; d) to‘rt xonali sonlar yozish mumkin?
Raqamlar: takrorlanmaydigan; takrorlanadigan hollarni
alohida ko‘ring.
541. Futbol bo‘yicha jahon chempionatida oltin, kumush,
bronza medallari uchun bo‘ladigan o‘yinlarda 16 ta jamoa
qatnashmoqda. Medallar jamoalar orasida necha xil usul
bilan taqsimlanishi mumkin?
542. Bir mamlakatda 4 ta shahar bor ekan:
A ,
B ,
C va
D .
A shahardan
B ga 6 ta yo‘l,
B shahardan
C ga 4 ta yo‘l olib
borarkan.
A dan
D ga 2 ta yo‘l,
D dan
C ga 3 ta yo‘l bilan