Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7- sinfi uchun darslik



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/66
tarix20.11.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#165487
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66
Algebra. 7-sinf (2017, Sh.Alimov, O.Xolmuhamedov) (1)

M a s h q l a r


158
borish mumkin ekan. 
A
shahardan 
C
shaharga necha xil
yo‘l bilan borish mumkin?
543.
Agar natural sonning yozuvida faqat toq sonlar qat-
nashsa, bunday sonni „yoqimtoy“ son deymiz. Nechta:
1) 3 xonali; 2) 4 xonali „yoqimtoy“ son mavjud?
544. 
Yozuvida hech bo‘lmaganda bitta juft raqam qatnashgan 6
xonali sonlar nechta?
Ko‘rsatma:
Yozuvida faqat toq sonlar qatnashgan 6 xonali
sonlar soni 5 · 5 · 5 · 5 · 5 · 5 = 5
6
= 15 625 ta. Jami 6 xonali
sonlar esa 900 000 ta. Masala shartini qanoatlantiradigan
6 xonali sonlar soni 900 000
-
15 625 = 884 375 ta.
545.
4 ta turli xatni 4 ta turli konvertga necha xil usulda joylash
mumkin?
546.
5 nafar o‘quvchidan 2 nafarini „Bilimlar bellashuvi“ da
qatnashish uchun tanlab olish kerak. Buni necha xil
usulda bajarish mumkin?
547.
Doskada 12 ta ot, 8 ta fe’l va 7 ta sifat yozilgan. Gap
tuzish uchun har bir so‘z turkumidan bittadan olish
kerak. Buni necha xil usul bilan amalga oshirish mumkin?
548.
1) Shaxmat taxtasida oq va qora ruxni bir-birini olol-
maydigan („ura olmaydigan“) qilib necha xil usulda joy-
lashtirish mumkin (24- rasm)?
2) Shaxmat taxtasida 8 ta ruxni bir-birini ololmaydigan
qilib necha xil usulda joylashtirish mumkin (25- rasm)?
549.
Shaxmat taxtasiga oq va qora farzinlarni, ular bir-birini
„ura olmaydigan“ qilib necha xil usulda joylashtirish
mumkin?
24- rasm. 25- rasm.


159
550.
Shaxmat taxtasiga oq va qora shohlarni, o‘yin qoidalarini
buzmagan holda, necha xil usulda qo‘yish mumkin?
Ko‘rsatma:
3 ta holni qarang:
1) oq shoh burchakda turibdi;
2) oq shoh taxtaning chetida (lekin burchakda emas)
turibdi;
3) oq shoh taxtaning chetida emas.

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin